BOTANIKA

BOTANIKA (yun. botanikos — oʻsimlikka tegishli, botane — oʻsimlik, oʻt, giyoh) — oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini, oʻsimliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi oʻzaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi. Botanika birbiri bilan oʻzaro bogʻlangan oʻsimliklar sistematikasi, paleobotanika, geobotanika, morfologiya, anatomiya, sitologiya, antekologiya, filogeniya, florogenetika, … Читать далее

VLADIMIROV Georgiy Petrovich

VLADIMIROV Georgiy Petrovich (1914.7.4, Samara viloyati Novospassk tumani) — adabiyotshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), filol. fanlari d-ri (1954), prof. (1954). Toshkent davlat pedagogika in-tini tugatgan (1939). ToshDU rus adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi (1945—54), kafedra mudiri (1954—87), filol. f-ti dekani (1945—51; 1953—59), Oʻzbekistan Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1963—65). «Zvezda Vostoka» jur. bosh muharriri (1968—81). Hamza nomidagi … Читать далее

BORISOV Oleg Matveyevich

BORISOV Oleg Matveyevich (1929, Mordva Respublikasi — 1988. 31. 10, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1984), geol. mineralogiya fanlari d-ri (1970). Oʻrta Osiyo davlat un-ti geol. f-tini bitirgan (1953). Oʻzbekiston FA geologiya va geofizika in-tida katta ilmiy xodim (1956—70), lab. mudiri (197086), Oʻzbekiston FA seysmologiya in-ti direktori (1986— 88). Asosiy ilmiy ishlari … Читать далее

BOND

BOND (ing. bond) — 1) kafolat garov; 2) boj toʻlovlari olinmagan import tovarlar. Bundam tovarlar bojxonaga biriktirilgan Bond omborlarida saqlanadi. Agar tovarlar mamlakat ichkarisiga joʻnatilsa, boj toʻlanadi. Bond omborida tovarlar belgilangan muddatgacha saqlanadi, muddat tugagach esa, davlat foydasiga musodara qilinadi. Пост Навигацияси

VILOYATI FAQIH

VILOYATI FAQIH (arab.fors.-fa-qihning hukmronligi) — islom huquqshunosligi asosida boshqariladigan davlat tuzumi. Ilk islomda bundam tushuncha oxir zamon yakinlaщganda amalga oshadigan eng adolatli ijtimoiy tuzumni anglatgan. Shialik bu tushuncha «yashiringan imom maxdiy»-ning kelishi va adolat oʻrnatishi haqidagi gʻoyaga bogʻlangan. 1979-y. dagi Eron islom inqilobi natijasida bu gʻoyani amalga oshirish, amalda imom zimmasiga yuklash mumkinligi haqidagi aqidalar … Читать далее

VETO

VETO (lot. veto — taqiqlayman) — rivojlangan davlatlarda bironta organ, tashkilot qonuni yoki qarori-ning kuchga kirishini toʻxtatish yoki kuchga kirishiga yoʻl qoʻymaslik huquqi. Davlat boshligʻi qonun chiqaruvchi parlament, oliy majlis qabul qilgan qonunlar boʻyicha Veto huqukiga ega. Mutlaq V. — davlat boshligʻining parlament qabul qilgan qonunni uzil-kesil rad qilish huquqi; nisbiy Veto — davlat boshligʻining … Читать далее

BOBOQULOV

BOBOQULOV Ahmad (1931.17.1 Dushanba—1990.25.5) — tojik xonandasi (lirikdramatik tenor). Xalq artisti (1971). Taniqli maqom bilimdoni Boboqul Fayzullayevning oʻgʻli. Tojik opera va balet teatri (1954—56, 1966 — 81), Tojik Davlat filarmoniyasi (1956— 66) yakkaxoni, Tojikiston teleradiosi maqom ansamblining badiiy rahbari (1973—81). M. Tursunzoda nomidagi Sanʼat in-tida oʻqituvchi, xonandalik kafedrasi mudiri (1967 — 76), prof. (1977-y. dan). … Читать далее

VAHOBOVLAR

VAHOBOVLAR (Vahobov Ismoil, 1949.19.1 va Vahobov Isroil, 1951.19.1, Andijon viloyati Baliqchi tumani Chinobod qishlogʻi) — aka-uka hamnafas xonandalar, Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizlari (1999). Vahobovlar doimo bolalik davridan birga kuylab, oʻzlarining yoqimli, baland va tiniq ovozlari bilan shuhrat qozonishgan. Toshkent davlat konservatoriyasini tugatishgan (1973). Ichki ishlar Koʻshinlari ansambli (1973—74), Oʻzteleradio qoshidagi «Makom» ansambli (1975—92), «Tanavor» milliy … Читать далее

VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK

VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK — xodimning sogʻligʻiga koʻra nisbatan qisqa muddat davomida ishni bajara olmasligi. OʻzRda mehnat qobiliyati muttasil yoʻqolib, bemorning mehnat faoliyatini umuman yoki uzoq muddatga toʻxtatish yoki mehnat sharoitlarini jiddiy ravishda oʻzgartirishga olib kelgan taqdirda, xodimga Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan nogironlik belgilanadi. Xodimlarning, shuningdek mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan … Читать далее

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI

BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI, Oʻzbekiston FA O. S. Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti — i. t. muassasasi. 1977-y. da Oʻzbekiston FA tarkibidagi bioorganik kimyo boʻlimi (1973) negizida tashkil etilgan. Intga asoschisi akad. O. S. Sodiqov nomi qoʻyilgan. Intning asosiy fundamental ilmiy yoʻnalishi hayvon va oʻsimliklar organizmidagi bioorganik kimyo jarayonlarini, yaʼni yuqori va quyi molekulyar tabiatga ega … Читать далее