VILOYATI FAQIH

VILOYATI FAQIH (arab.fors.-fa-qihning hukmronligi) — islom huquqshunosligi asosida boshqariladigan davlat tuzumi. Ilk islomda bundam tushuncha oxir zamon yakinlaщganda amalga oshadigan eng adolatli ijtimoiy tuzumni anglatgan. Shialik bu tushuncha «yashiringan imom maxdiy»-ning kelishi va adolat oʻrnatishi haqidagi gʻoyaga bogʻlangan. 1979-y. dagi Eron islom inqilobi natijasida bu gʻoyani amalga oshirish, amalda imom zimmasiga yuklash mumkinligi haqidagi aqidalar vujudga keldi. Eron Islom Respublikasiga 1989-y. gacha rahbarlik qilgan oyatulloh aluzmo Ruhallohal-Musaviy al-Xumayniy ana shunday Viloyati faqih rahbari vazifasini bajardi, yaʼni u davlatning biror lavozimida boʻlmasa ham, amalda butun Eron ijtimoiy hayotiga rahbarlik qildi. Hoz. kunda ham Eronda saylab qoʻyilgan prezident turmushning barcha sohalarida diniy rahbar bilan bamaslahat faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x