VAHOBOVLAR

VAHOBOVLAR (Vahobov Ismoil, 1949.19.1 va Vahobov Isroil, 1951.19.1, Andijon viloyati Baliqchi tumani Chinobod qishlogʻi) — aka-uka hamnafas xonandalar, Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizlari (1999). Vahobovlar doimo bolalik davridan birga kuylab, oʻzlarining yoqimli, baland va tiniq ovozlari bilan shuhrat qozonishgan. Toshkent davlat konservatoriyasini tugatishgan (1973). Ichki ishlar Koʻshinlari ansambli (1973—74), Oʻzteleradio qoshidagi «Makom» ansambli (1975—92), «Tanavor» milliy raqs ansambli (1992—96)da ishlashgan. 1996-y. dan «Maqom» ansambli xonandalari (1996—99 y. lar Isroil Vahobov mazkur jamoaning badiiy rahbari). Ijro uslubining oʻziga xosligi, qoʻshiqlardagi joʻshqinlik, baland, lekin mayinlik bilan kuylash, ovozlar hamohangligi xonandalar ijodiga xos. Repertuaridan Shashmaqom shoʻbalari va Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari («Moʻgʻulchai Navo», «Talkini Ushshoq», «Bayot III», «Bayot uforisi» va b.), oʻzbek mumtoz ashulalari-(«Bebokcha», «Figʻon», «Sharob» va b.), zamonaviy bastakorlar (I. Ikromovning «Bir kulib qoʻy», O. Qosimovning «Kutarman») hamda oʻzlari yaratgan asarlar («Seni oʻylayman», «Shirin zabonim», «Jon Oʻzbekistonim», «Yashar sevgim», «Doʻstlarim» va b.), shuningdek Sharq xalqlari qoʻshiqlari (eroncha «Muborak», turkcha «Xolida», arabcha «Habibiy», afgʻoncha «Laylijon») keng oʻrin olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x