HUDUD ul-OLAM

«HUDUD ul-OLAM» («Olam chegaralari») , «Kitobi hudud al-olam minal mashriq ilal magʻ-r i b» — tarixiy-geografik asar. nomaʼlum muallif tomonidan fors tilida 982—83 y. larda Juzjon viloyatida yozilgan boʻlib, shu viloyat hokimi amir Abul Xoris Muhammad ibn Ahmadga bagʻishlangan. Bu asar oʻz zamonasida ham, 19-a. oxirigacha ham shu nom bilan hech qaysi manbada qayd etilmagan; … Читать далее

HIZBUT TAHRIR

«HIZBUT TAHRIR» (toʻliq nomi «Hizb at-tahrir al-islomiy» — «Islom ozodlik partiyasi») — siyosiylashgan diniy tashkilot (oqim). Falastinda Taqiyuddin Nabhoniy (1909—1979) asos solgan. U «Musulmon birodarlar» guruhining Falastin boʻlinmasida faoliyat yuritib, 1953-y. maslakdoshlari bilan mazkur boʻlinma aʼzolarini yangi diniy-siyosiy partiya — «Hizbut tahrir»ga birlashtirgan. «Hizbut tahrir» taʼlimoti Taqiyuddin Nabhoniy va uning izdoshi Abdul Qadim Zallumning «Islom … Читать далее

CHIGʻATOIYLAR

CHIGʻATOIYLAR — Chigʻatoy ulusini idora etgan chingiziy sulola (1224 — 1404). Chingizxonnint 2oʻgʻli Chigʻatoy ismidan kelib chiqqan. Chigʻatoy ulusi hukmdorlari: Chigʻatoyxon (1224—42), Qora Huloku (Haloku)( 1242-46, 1252), Yesu Munke (1246—57), Orqina (Ergene) xotun (1252-61), Olgʻu (1261-65), Muborakshoh (1265—66), Baroqxon (1266—71), Nikpay (1271—72), Toʻgʻa Temur (1272-74), Duvaxon (1274-1306), Kunchak (1306—08), Toliqu (1308 — 09), Kebak (1309; … Читать далее

SANJAR

SANJAR, Sulton Sanjar, Sulton Muiz addunyo vadDin Abul Xoris Sanjar ibn Malikshoh [1086. 6(27). 11, Jazira viloyati Sanjar sh. — 1157.26.4(7.5), Marv] — Saljuqiylar davlati sultoni (1118—57). Malikshohning kenja oʻgʻli. Akasi sulton Gʻiyosiddin Muhammad vafoti (1118-y.)dan soʻng taxtga oʻtirgan. Sanjar Saljuqiylar davlatining sharqiy qismi tarkibiga dastlab Mozandaron, Tabariston, Seyiston, Kumis, Ray va Damgʻonni qoʻshib olgan … Читать далее

SAMARQAND VILOYATI

SAMARQAND VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Shim. va gʻarbdan Navoiy viloyati, jan. dan Qashqadaryo, jan. sharkdan$ Jizzax viloyati bilan chegaradosh. RYayd. 16,8 ming km2. Aholisi 2824,9 ming kishi (2004). Tarkibida 14 tuman (Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargom, Paxtachi, Samarqand, Toylok, Urgut, Qoʻshrabot) (tumanlar haqida alohida … Читать далее

FAGʻNAVIY

FAGʻNAVIY, Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy [12-a. oxiri — Vobkent tumani Anjir Fagʻnav (qoz. Anjirbogʻ) qishlogʻi — 1286] — xojagonnaqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning uchinchisi. Gilkorlik bilan shugʻullangan. Xoja Orif Mohitobon — Revgariyyayan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik silsilasini boshqargan. «Silsilai sharif» da 12halqanint piri hisoblanadi. Xufiyona (yashirin) zikr bilan jahriya (baland tovushli) … Читать далее

FAN

«FAN» — Oʻzbekiston FAning ilmiy nashriyoti. Akademiya tizimidagi i. t. lar natijalarini toʻplamlar, monografiyalar, ilmiyommabop risolalar, mukammal va tanlangan asarlar hamda jur. maqolalari tarzida ilmiy jamoatchilikka va ommaga yetkazib beradi. Nashriyot Oʻzbekiston Fan qoʻmitasi xuzuridagi boʻlim sifatida 1934-y. da tashkil topgan. «Fan» nomi oʻz tarixi davomida bir necha bor oʻzgargan: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi nashriyoti (1943—63), … Читать далее

KOʻK KOSHONA

KOʻK KOSHONA — Oq Oʻrda xonlari dafn etilgan nekropol (dahma). Sigʻnoqdan 8 km jan.-sharkda joylashgan. Koʻk koshona pishiq gʻishtdan, baland, koʻk kigizdan naqshlar bilan bezatilib, oʻziga xos meʼmoriy uslubda qurilgan. Koʻk koshona atrofida bir qancha yirik janglar sodir boʻlgan. Xususan, 15-a. ning 60-y. larida qalmiklar xoni Temurtosh (Oʻztemurtoyshi) oʻzining 170 ming otliqlari bilan Abulxayrxonga qarshi … Читать далее

SIDQIY XONDAYLIQIY

SIDQIY XONDAYLIQIY (taxallusi; asl ism-sharifi Sirojiddin Maxdum Mirzohidoxund oʻgʻli) (1884 — hoz. Boʻstonliq tumani Xondayliq qishlogʻi — 1934) — shoir, xattot, tarjimon. Arab, fors tillarini oʻrgangan. Xattotlikka qiziqqan, zamonasining mashhur qilqalami Muhammad Shohmurod kotib (1850 — 1922)ga shogird tushgan. Sidqiy xondayliqiy tosh yoʻnib, unga ishlov berish, turli bezaklar tushirish, suratlar ishlash, muhr yasash b-n ham … Читать далее

SHOHIY

SHOHIY (taxallusi; asl nomi Sulton Masʼud Mirzo Shohiy) (1475 — Gʻazna — 1507) — shoir, temuriy shahzodalardan biri. Otasi Sulton Mahmud Mirzo sohibqiron Amir Temurga 5boʻgʻin avloddir. Onasi Xonzodabegim Mir Buzurg Termiziyning qizi. Shohiy boshqa temuriyzodalar kabi yoshligidan ilmga, adabiyotga havasmand boʻlgan. Otasi unga Hisor hokimligini topshirgan va u otasining vafotiga qadar (1495) bu yerni … Читать далее