CHIGʻATOIYLAR

CHIGʻATOIYLARChigʻatoy ulusini idora etgan chingiziy sulola (1224 — 1404). Chingizxonnint 2oʻgʻli Chigʻatoy ismidan kelib chiqqan.

Chigʻatoy ulusi hukmdorlari: Chigʻatoyxon (1224—42), Qora Huloku (Haloku)( 1242-46, 1252), Yesu Munke (1246—57), Orqina (Ergene) xotun (1252-61), Olgʻu (1261-65), Muborakshoh (1265—66), Baroqxon (1266—71), Nikpay (1271—72), Toʻgʻa Temur (1272-74), Duvaxon (1274-1306), Kunchak (1306—08), Toliqu (1308 — 09), Kebak (1309; 131826), Esan bugʻo (1309 — 18), Elchigadoy (1326), Duva Temur (1326), Tarmashirin (1326-34), Jingshi (Jankshi) (1334-35), Buzan (Puran) (1335-38), Yesun Temur (1338—40), Ali Sulton (Oʻqtoy naslidan) (1340—42), Muhammad (134243), Qozon (134346), Donishmandcha (Oʻqtoy naslidan)(1346 — 48), Bayonqulixon( 1348—58).

14-a. oʻrtalarida Chigʻatoy ulusi parchalanib, ulusning sharqiy qismi — Sharqiy Turkiston va Yettisuvda turk va moʻgʻul qabilalarini oʻz ichiga olgan Moʻgʻuliston davlati tashkil topadi. Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtariladi. Chigʻatoy ulusining gʻarbiy qismida 1370-y. Amir Temur saltanati vujudga keladi. Sohibqiron taxtga chingiziylardan boʻlgan Suyurgʻatmishxon (1370—88), Sulton Mahmudxon (1388— 1404)larni rasman xon qilib koʻtarib, hatto ularning nomidan yorliqlar chiqartirib, pullar zarb ettirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x