NUSAYRIYLAR

NUSAYRIYLAR, alaviylar — shialiksagp firqalardan birining tarafdorlari. 10-a. da Shim. Suriyada eng keskin shialar davrasida paydo boʻlgan. Firqaning nomini Muhammad ibn Nusayr an-Numayriy (taxm. 883-y. Basrada vafot etgan) bilan bogʻlaydilar. Nusayriylarning asosiy aqidasi — Ali ibn Abu Tolibni ilohiylashtirish («alaviylar» nomi shundan), unda Xudoning oʻzi mujassamlangan deb ishonishdan ibo-rat. Ularning diniy taʼlimoti va ismoiliylarning qarashlariga … Читать далее

SHAXMAT

SHAXMAT, shohmot (fors. shohmot — shoh oʻddi) — sport turi. Oʻyindan maqsad raqib shohini mot qilish. Ikki xil (oq va qora) rangdagi 64 ta teng katakli taxta (sath)da ikki xil rangdagi 16 tadan dona (bittadan shoh va farzin, 2 tadan rux, fil va ot, 8 tadan piyoda)da oʻynaladi. Shaxmatda musobaqa paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi … Читать далее

TOHIRIYLAR

TOHIRIYLAR — Xurosondagi Tohiriylar davlashida hukmronlik qilgan sulola (821—873). Rasman abbosiylar vassali hisoblangan. Sulolaga 821 i. Tohir ibn Husayn asos solgan. Tohiriylar hukmdorlari: Tohir ibn Husayn (821—822), Talha ibn Tohir (822—828), Abdulloh ibn Tohir (828—844), Tohir II ibn Abdulloh (844—862), Muhammad ibn Tohir (862—873). 873-y. Xurosonda Tohiriylar hukmronligi tugatilib, yangi Safforiylar davlati tashkil topgan. Пост … Читать далее

NAQSHBANDIYA

NAQSHBANDIYA — tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan. Naqshbandiya xojagon tariqati negizida paydo boʻlib, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Ahmad Yassaviy qarashlarini omuxta etdi, ularga yangi ruhberib rivojlantirdi. 15—18-a. larda savdo va hunarmandchilik bilan shugʻullanadigan shahar aholisi hamda koʻchmanchi chorvador aholi orasiga keng yoyildi. Naqshbandiya taʼlimotining asosida «koʻngil xudoda boʻlsin-u, qoʻl ish bilan band boʻlsin» … Читать далее

SIYRA

SIYRA, sira (arab. — hayot yoʻli, tarjimayi hol) — Muhammad (sav) hayot yoʻlini bayon qilishga bagʻishlangan, ilk islom davrida vujudga kelgan diniy-tarixiy asarlarning umumiy nomi. Dastlabki Siyralar koʻp boʻlgan, ularning anchasi yoʻqolib ketgan. Ulardan Voqidiy (747— 823)ning «Kitob almagʻoziy» («Harbiy yurishlar kitobi») va avvalgi Siyralarni umumlashtirgan Ibn Isʼhoq va Ibn Hishom (834-y. v. e.)ning «Siyrat … Читать далее

NASORO

NASORO (arab. — nasroniy soʻzining koʻpligi; masihiylar, xristianlar) — Qurʼonda Iso paygʻambarga ergashgan dindorlarning atalishi. Rivoyatlarga koʻra, Iso Masih Nosira nomli shaharda tugʻilgan boʻlib, uni Nosiriy deb atar edilar. Unga ergashgan kmshini esa nasroniy deb yurita boshlaganlar. N. Iso Masihni ilohiylashtirgani uchun islom dini nuktai nazarida shirk ahlidan hisoblanadilar. Zero islomda Alloh taologa hech bir … Читать далее

TERMIZIY MEʼMORIY MAJMUI

TERMIZIY MEʼMORIY MAJMUI, Hakim Termiziy maqbarasi — Termizdagi meʼmoriy yodgorlik (9—15a. lar). Majmua Abu Abdulloh Muhammad Hakim Termiziy nomi bilan bogʻlangan. Termiziy meʼmoriy majmui asrlar davomida bir necha bor qayta qurilgan. Masjid, maqbara, xonaqoh, qorixona kabi binolardan iborat boʻlgan. Dastlab xom gʻishtdan xonaqoh (9-a.) bunyod etilib, Hakim Termiziy shu yerda yashab mudarrislik qilgan. Binodan keng … Читать далее

NAVOIY VILOYATI

NAVOIY VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1982-y. 20 apr. da Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-y. da maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992-y. boshida qayta tiklandi. Shim. va shim.-sharkdan Qozogʻiston, jan.sharqdan Jizzax, Samarqand, jan. dan Qashkadaryo, jan.-gʻarbdan Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh. Mayd. 111,0 ming km2. Aholisi 802,3 ming kishiga yaqin (2003). Navoiy viloyati … Читать далее

TEMUR MALIK

TEMUR MALIK (12-a. oxiri 13-a. ning 1yarmi) — xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Xoʻjand hokimi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, moʻgʻullar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qaxramoni, 1219-y. ning dek. da 3 kunlik jangdan keyin Banokatnn egallagan Aloq noʻyon boshliq 5 ming kishilik moʻgʻul qoʻshini Xoʻjandni qamal qilishga kirishadi. Temur Malik ilgariroq har ehtimolga qarshi … Читать далее

SAID AHRORIY

SAID AHRORIY, Muhammad Said Abdurashidxoʻja oʻgʻli Ahroriy (1895, Makka — 1931.25.4, Moskva) — jamoat arbobi, jurnalist. Asli xoʻjandlik boʻlib, Turkiston ruslar tomonidan zabt etilgach, ota-onasi Makkaga, undan Turkiyaning Istanbul sh. ga koʻchib borgan. Said Ahroriy 1911—12 y. larda «Turon taʼmimi atfol» jamiyatida masʼul kotib. Ismoil Gasprinskiy va Mahmudxoʻja Behbudiy bilan uchrashdi (1912). 1-jahon urushida ishtirok … Читать далее