SAMARQAND VILOYATI

SAMARQAND VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Shim. va gʻarbdan Navoiy viloyati, jan. dan Qashqadaryo, jan. sharkdan$ Jizzax viloyati bilan chegaradosh. RYayd. 16,8 ming km2. Aholisi 2824,9 ming kishi (2004). Tarkibida 14 tuman (Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargom, Paxtachi, Samarqand, Toylok, Urgut, Qoʻshrabot) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang; mas, Bulungʻur tumani), 11 shahar (Bulungʻur, Jomboy, Juma, Ishtixon, Kattakoʻrgʻon, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Samarqand, Urgut, Chelak), 12 shaharcha (Dahbed, Ziyovuddin, Ingichka, Kimyogarlar, Loyish, Mitan, Mirbozor, Payshanba, Suv Hovuzi, Farhod, Xishrov,Charxin), va 125 ta qishloq fuqarolari yigʻini bor. (2004). Markazi — Samarqand sh.

Tabiati. Samarqand viloyati PomirOlay togʻlarining gʻarbiy chekkasida, Zarafshon daryosining oʻrta qismida joylashgan. Relyefi, asosan, kenglik boʻylab choʻzilgan va shim. dan Turkiston togʻ tizmalarining tarmoqlari (Nurota togʻi, bal. 2169 m), Oqtogʻ, 2003 m, jan. dan Zarafshon tog tizmalari bilan oʻralgan Zarafshon daryosi vodiysidan iborat. Vodiy sharkdan (750—800 m) gʻarbga qarab (350 m) pasayib boradi. Vodiydan shim. ga va jan. ga tomon qiya tekisliklar joylashgan va toglarga yaqinlashganda adirlar boshlanadi. Zarafshon tizmasi (gʻarbiy qismi) jan. da Qashqadaryo viloyati bilan boʻlgan chegara boʻylab choʻziladi. Bu tizma (2388 m), asosan, paleozoyning kristalli slaneslari va ohaktoshlaridan tarkib topgan. Gʻarbga tomon tizma astasekin pasayadi va Kattaqoʻrgʻon jan. da pastbaland tepaliklardan iborat tekislik b-n qoʻshilib ketadi. Asosan, qumtosh, slanes va magmatik jinslardan tashkil topgan Nurota togʻi bir nechta yirik orografik birliklarga parchalanib ketgan. Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram rudasi (Ingichka), flyuorit, kvars, ohaktosh, granit, mergel, gips, bentonit gili, abraziv materiallar, mineral boʻyoklar, marmar (Omonqoʻton, Gʻozgʻon, Jom), korund konlari (Nurotaning jan. sharkida); mineral buloqlar bor. Iklimi kontinental, quruq iqlim. Bulutli kunlar kam boʻladi. Tekisliklarda qish iliq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da —2°, togʻlarda —4,8°. Yozi issiq. Iyulningoʻrtacha t-rasi 25,9° — 27,8°, eng past tra —32°, eng yuqori tra 42° (Kattaqoʻrgʻon). Oʻrtacha yillik yogʻin 282— 459 mm. Yogʻinning 80% kish va bahorda yogʻadi. Qor 16—20 kungina saqlanadi. Vegetatsiya davri 324—334 kun. Baland koʻtarilgan sari tra pasayadi. Iklim sharoiti va sugorish Samarqand viloyatida paxta, tamaki, shaftoli, oʻrik, uzum, anjir, anor yetishtirish uchun qulay.

Asosiy daryosi — Zarafshon. Viloyat hududidagi qismining uz. 193 km. Tevarakatrofdagi togʻlardan oqib tushgan soylar sugʻorishga sarflangani uchun Zarafshonga yetmasdan tugaydi. Dargʻom, Narpay (54 km), Oʻng qirgʻoq (64 km), Chap qirgʻoq (169,3 km), Markaziy magistral (39,5 km), Zarafshon, Eski Anhor kanallari va Kattaqoʻrgʻon suv omboridan ham ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyatning jan. gʻarbiy qismida oqadigan soylar yezda qurib qoladi. Tuprogʻi asosan, boʻz tuproq. Tekisliklar va 500 m gacha balandliklardagi togʻ etaklarida surqoʻngʻir och boʻz tuproklar (sugʻoriladigan yerlarda oʻtloqi boʻz tuproqlar), 1500—1700 m balandlikda toʻq boʻz tuproklar, choʻl zonasida qumoq, taqir, boʻzkoʻngʻir tuproklar va shoʻrxoklar tarqalgan. Yongʻoqzorlar va archazorlarda qoʻngʻir tuproklar, yanada balandroq qoramtir tuproklar boʻlib, undan yukrrida togʻoʻtloki tuproklar uchraydi.

Yovvoyi oʻsimliklardan chala choʻl va choʻl oʻsimliklari asosiy oʻrinni egallaydi. Togʻ yon bagʻirlariga yaqin tekisliklarda shuvok, efemerlar (rang, koʻngʻirbosh va b.) oʻsadigan oʻtloqlar bor. Dare vodiylarida, dashtlarda, shoʻragalofit oʻsimliklar usadi; Zarafshon daryosi vodiysida terak, jiyda, tol, turangʻil, maymunjon, yulgʻun, oqgikan toʻqayzorlari bor. Togʻlarda 1100—2700 m balandlikda pista, bodom, toshloq yon bagʻirlarida archazorlar uchraydi. Samarqand yaqinidagi Omonqoʻtonda yongʻoqzorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, boʻri, tekisliklarda jayran, togʻlarda qoʻngʻir ayiq, daryo suvsari, qushlardan tustovuq, tuvodogʻ, togʻlarda kaklik, daryolarda baliklar uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, ukrain, ozarbayjon, arman, koreys, belorus, tatar, mesxeti turklari, yahudiylar, loʻlilar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 168 kishi. Aholi viloyatning sugʻoriladigan yerlarida zich (1 km2ga 340—512 kishi) joylashgan, choʻl va togʻ hududida siyrak (1 km2ga 20—40 kishi). 732,3 ming kishi shaharda, 2092,6 ming kishi qishlokda yashaydi.

Xoʻjaligi. Viloyat yalpi ichki mahsulot hajmi boʻyicha Toshkent sh., Fargʻona, Toshkent va Andijon viloyatlaridan keyin 5oʻrinni egallaydi. Samarqand viloyati Oʻzbekiston sanoati mahsulotining 5%, q. x. mahsulotlarining 1,3%, mol aylanishining 8,6%, pullik xizmat koʻrsatish hajmining 7,9% ni beradi.

Viloyatni elektr energiyasi bilan Tolligʻulon, Irteshar, Xishrov GESlari hamda qisman Navoiy issiqlik elektr stansiyasi taʼminlaydi. Urgut tumanida Sugʻdiyona GES qurilmoqda. Viloyat hududida foydali kazilmalardan nodir metallar (Ingi4ka koni), binokorlik materiallari (marmar, ohaktosh, granit, mergel, grafit) topilgan. Omonqoʻton va Jomda marmar Kazib olinmoqda.

Sanoati koʻp tarmokli. Oziqovqat, yengil, mashinasozlik, kimyo sanoati rivojlangan. Qurilish materiallari i. ch. ham salmoqli oʻrin tutadi. Oziqovqat sanoati viloyat yalpi sanoat mahsulotining 31,8%, yengil sanoat mahsuloti 22,6%, aralashem i. ch. 18,9%, mashinasozlik va metallsozlik 8,4% ni tashkil kiladi.

Viloyatda liftsozlik, kinoapparatura i. ch., choy qadoklash, sovitkich, avtomobilsozlik, tamaki fermentatsiya korxonalari bor. Keyingi yillarda ipgazlama i. ch. rivojlanmoqda. MustaKillik yillarida viloyat iqtisodiyoti oʻz yoʻnalishini tubdan oʻzgartirdi. Mavjud barcha korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib mulkchilikning oʻzgacha shakliga kirib bormoqda. Aksariyat yirik va oʻrta korxonalar negizida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.

Viloyatda mulkchilikning barcha turiga oid 80 ta asosiy sanoat korxonasi bor, ularda 41,6 ming ishchi va muhandistexnik xodim ishlaydi. Mustaqillik yillarida viloyat sanoat mahsulot i. ch. hajmi (solishtirma narhda) 1,5 marotaba koʻpayadi. Viloyatda 2002-y. da 2,1 mln. m2 shoyi gazlama, 113 ming m ipgazlama, 14—15 mingtoʻsimlik yogʻi, 72 ming t paxta tolasi, 12 — 13 ming t tamaki mahsulotlari ishlab chiqarildi. Asosiy sanoat korxonala ri Samarqand sh. da joylashgan. Bunga ʻ ogʻir sanoat korxonalaridan: traktorlar uchun gilzaporshenlar ishlab chiqaradigan «Alpomish» mashinasozlik z-di, «Samarqand tajribamexanika» z-di (burgʻilash mashinalari), «Kinap» z-di (kinoapparatura, avtomobillar uchun elektr asbobuskunalari), liftsozlik, uyroʻzgʻor sovitkichlari, marmar, gʻisht, asfaltbeton z-dlari kiradi. Samarqandning Xishrov yoʻldosh shaharchasidagi superfosfat z-dida fosfat va ammofos oʻgʻitlar hamda sulfat kislotasi ishlab chiqariladi. Samarqanddagi yengil sanoat korxonalaridan: pillakashlik, shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, mebel, poyabzal f-kalari va chinni z-di mavjud; oziqovkat sanoati korxonalaridan: un-tegirmon, aralashem, makaron, choy qadoqlash, sutmoy, konserva, vino, konyak, spirtaraq va alkogolsiz ichimliklar hamda qandolatchilik korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Kattaqoʻrgʻon sh. da paxtachilik mashinasozligi (paxta tozalash korxonalari uchun asbobuskunalar ishlab chiqariladi) z-dlari, Jomboy sh. da viloyatdagi eng yirik don mahsulotlari k-ti, «Samjinteks» ip gazlama qoʻshma korxonasi, Bulungʻurda vino va gʻisht z-dlari ishlab turibdi. 1991—2003-y. lardavomida Samarqand viloyatida jahon andazasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 135 qoʻshma korxona tashkil etildi. Bu korxonalarda 7,8 mingdan ortiq ishchi va xizmatchi ishlaydi. Birgina 2003-y. da 19 ta koʻshma korxona ishga tushirildi. Qoʻshma korxonalardan eng yiriklari: Oʻzbekiston — Turkiya hamkorligida qurilgan «SamKochAvto», Amerika—Angliya bilan hamkorlikda ishlayotgan «UZBAT» aksiyadorlik jamiyati korxonalari (tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladi), «Samplastik», Jomboydagi «Samjinteks», Oʻzbekiston— Germaniya «Muliyon» (pivo ishlab chiqariladi), «Samarqand parranda», Chelak sh. dagi Oʻzbekistan — Rossiya «Baltimor» (tomat pastasi va ketchup kaylasi ishlab chiqariladi), Oʻzbekistan—Chexiya «Praga» (mineral suv qadoqlash) korxonalaridir.

«SamKochAvto» qoʻshma korxonasida yiliga 400 dan ortiq zamonaviy avtobuslar va yuk avtomashinalari ishlab chiqariladi. Yaqin kelajakda bu koʻrsatkich yanada koʻpayadi. Viloyatda 2822 ta kichik korxona faoliyat koʻrsatmoqda (2003).

Sv. qadimdan oʻzining xunarmandchiligi bilan mashxur. Bu yerda shoyi va gilam, soʻzana toʻqish, zargarlik, kulolchilik, yogʻoch, ganch, tosh oʻymakorligi va b. xalq amaliy sanʼati turlari taraqqiy etib kelmoqda. Samarqand nonlari, ayniqsa, Samarqand qogʻozi butun dunyoga mashhur.

7-a. ning boshlaridan — 19ning 1-yarmigacha Samarqandda ishlab chiqarilgan qogʻoz, A. Vamberining yozishicha, Turkistondagina emas, balki qoʻshni mamlakatlarda ham mashhur boʻlgan. 15-a. da Samarqandda Obirahmat suvining juvozlarida tayyorlangan turli nav qogʻozlar bilan savdo qiluvchi maxsus doʻkonlar boʻlgan. O. G. Bolshakov asarlarida Samarqand qadimdan qogʻoz i. ch. ga ixtisoslashgan va uni taraqqiy etganligini yozadi. Samarqand qogʻozi nomi b-n mashhur boʻlgan qogʻoz shaharda emas, balki uning atrofida joylashgan xunarmandchilik ustaxonalarida ishlangan. Boburning yozishicha, «Qogʻoz tegirmonlarining barchasi Konigildan kelur. Andoqkim Koni gil Siyohiob daryosi yaqosinda joylashgan. Dunyoda eng yaxshi qogʻoz Samarqanddan keltiriladur». Qogʻoz shahar bozorlarida sotilgan, hatto uzoq yurtlardan kelgan savdogarlar ham uni sotib olishgan.

Samarqand qogʻozi qogʻoz vatani boʻlgan Xitoyda ham mashhur boʻlgan. Qurʼon, Hadis, Xamsa, Shohnoma kabi asarlar oliy nav qogʻozda bitilgan. Samarqandda tayyorlangan qogʻozning eng sarasi — qogʻozi sultoniy deb yuritilgan. Qogʻozgar ustalar (qogʻoz tayyorlovchi bosh usta — qogʻozgar, ohorlovchi usta — muhrkash deb atalgan) muayyan tashkilotga birlashgan holda ishlashgan. Mas, shunday tashkilotlardan biriga Xoja Ahror boshchilik qilgan. Samarqand bozorlarida «qogʻoz bozori» deb yuritiladigan rastalar boʻlgan. Hunarmandlar oʻz bilimlarini sir saklashgan. Ular sodda ishlangan asbob uskunalari va bilimlarini avloddan avlodga qoldirib kelganlar. Hoz. kunda Samarqand hunarmandlari qad. Samarqand qogʻozi shuhratini yangidan tiklash maqsadida ilmiy izlanishlar va tajriba ishlarini oʻtkazmoqdalar.

Qishloq xoʻjaligi koʻp tarmoqli. Sv. respublika agroiqtisodiyotida muhim oʻrinni egallaydi. Viloyat xoʻjaliklarida mamlakatda yetishtirilgan q. x. mahsulotlarining qariyb 1/10 qismi tayyorlanadi. Yetakchi tarmoqlar — dehqonchilik va chorvachilik. Paxtachilik, gʻallachilikdan tashqari bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavot va poliz mahsulotlari, tamaki yetishtirish ancha rivojlangan. Samarqand viloyati uzumchilik boʻyicha Toshkent viloyati bilan birgalikda Uzbekistonda yetakchi hisoblanadi.

Viloyatning jami ekin maydonlari 442 ming ga (shu jumladan, 183 ming ga yer lalmikor) (2004), shuning 147 ming gektariga gʻalla ekiladi (shundan 70 ming ga yer lalmikor) (S. v. gʻalla yetishtirish boʻyicha Oʻzbekistonda 2oʻrinda). 103 ming ga yerga paxta, 19,8 ming ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 10,3 ming ga yerga kartoshka, 13 ming ga yerga tamaki, 35,2 ming ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻlar 19,9 ming ga, tutzorlar 7,8 ming ga, tokzorlar 26,4 ming ga ni egallaydi. 801,7 ming gektar yer yaylovlar b-n band. Samarqand sh. atrofida, xususan, Toyloq va Samarqand tumanlarida shahar atrofi q. x. yaxshi rivojlangan. Viloyat q. x. da 200 shirkat, 8,6 ming fermer xoʻjaligi, 10 aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatadi.

Samarqand viloyati dagi barcha shaxsiy va jamoa xoʻjaliklarida 877,3 ming qoramol (shundan 404,9 ming sigir) hamda 1031,6 ming qoʻy va echki, 2327,2 ming parranda, 15,1 ming ot boqiladi (2003). Bir yilda yetishtiriladigan qorakoʻl teri 60 mingdan ziyod (2002), pilla 1459 t ni tashkil etadi (2003).

Transporti. Viloyatda barcha turdagi transport vositalari yaxshi rivojlangan. Oʻzbekiston hududida birinchi t. y. 1888-y. Forob stansiyasidan (Turkmaniston) Samarqandgacha qurilgan. Samarqand viloyati hududidan Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Dushanba, Samarqand—Qarshi, Toshkent— UchquduqQoʻngʻirot t. y. lari oʻtgan. Viloyat hududidan oʻtgan t. y. ning (jami uz. 287,7 km) 50 km elektrlashtirilgan. 2003-y. 30 dek. dan yoʻlovchilar tashuvchi Toshkent — Samarqand elektrpoyezdi qatnovi yoʻlga koʻyildi. Samarqand viloyati hududidan Katta Oʻzbekiston trakti, Zarafshon— Samarqand—Buxoro—Turkmanobod avtomobil yoʻllari oʻtadi. Viloyatdagi qattiq qoplamali yoʻllarning uz. 4,1 ming km.

Samarqand sh. dagi xalqaro aeroportti Toshkent sh. orkali dunyoning turli mamlakatlari bilan bogʻlangan.

Madaniymaorif, sogʻliqni saqlash va sport. 2003/2004 oʻkuv yilida Samarqand viloyatida 1195 umumiy taʼlim maktabida 745,8 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 1998—2003-y. larda 47 kasb-hunar kolleji va 2 akademik litsey yangi qurilish va rekonstruksiya kilish hisobiga foydalanishga topshirildi. 47 kasbxunar kollejida 32400 oʻquvchi, 2 akademik litseyda 1428 oʻquvchi taʼlim oldi. Viloyatdagi mavjud 22 texnikumdan 14 tasi va 44 hunartexnika bilim yurtidan 23 tasi kasb-hunar kollejlariga aylantirildi. Viloyatdagi jami 8 oʻrta maxsus bilim yurtida 14,7 ming oʻquvchi oʻqiydi. 6 oliy oʻquv yurti (unt, tibbiyot, iqtisodiyot va servis, q. x., meʼmorlikqurilish, chet tillari intlari)da 19,1 ming talaba bilim olmoqda.

Viloyatda Oʻzbekiston FAning Samarqand boʻlimi, Qorakoʻlchilik, Isayev nomidagi Tibbiyot parazitologiya, veterinariya ilmiy tadqiqot intlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Samarqand viloyatida Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi tarkibidagi 8 muzey sh[u jumladan,Samarqandning barpo etilish tarixi (Afrosiyob) muzeyi, Respublika madaniyat va sanʼat tarixi muzeyi, Samarqand viloyati Ayniy uy-muzeyi, oʻlkashunoslik, Alisher Navoiy nomidagi SamDU muzeylari va b. ] mavjud. Musiqa va drama teatri, A. P. Chexov nomidagi rus drama teatri, Samarqand qoʻgʻirchoq teatri va Kattaqoʻrgonda Majidiy nomidagi drama teatri faoliyat koʻrsatadi. Viloyatda 744 jamoat kutubxonasi (5619,7 ming kitob), 320 madaniyat uyi, 9 madaniyat va istirohat bogi, yoshlar markazi, 1625 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Pastdargʻom tumanidagi Juma sh. da Oʻzbekiston—Koreya xususiy sanʼat kolleji faoliyat koʻrsatmoqda (2003).

Samarqand musika madaniyati qadimdan turkiy va forsiyzabon xalqlari anʼanalarining oʻzaro yaqinligi bilan ajralib turadi. Bu adabiyot bilan birga musiqa sanʼatiga ham xos boʻlgan (mas, qoʻbiz, yotugʻon, ud, chang, nay, tanbur kabi sozlar ijrochiligi, makom anʼanalari va b.). Musiqa ijodi bilan sozanda, xonanda va bastakorlar qatori Samarqandda shoir va olimlar ham shugʻullangan. Mac, fors mumtoz sheʼriyati asoschilaridan Abu Abdullo Rudakiy ajoyib musiqachi ham boʻlgan, bir necha sozni mukammal oʻzlashtirib ashula ham aytgan. Jahonning eng mashxur olimlaridan va davlat arbobi Ulugʻbek musiqa bilimdoni hisoblangan, bir necha usul («Shodiyona», «Usuli baxri», «Usuli ravon» va b.)ni yaratgan.

Samarqand musiqasi (boshqa sanʼatlar qatori), ayniqsa, Amir Temur va Temuriylar davrida keng rivoj topdi. Sohibqiron buyrugʻiga binoan, poytaxtga davlatning barcha hududlaridan sanʼat va ilm vakillari (jumladan, mohir sozanda, xonanda, bastakor va musiqashunoslar) taklif etilgan. Ular qatorida mashhur musikashunos Abdulqodir Marogʻiy (14—15-a. lar) ham boʻlgan. Shu davrdan boshlab Samarqandda musika shoir va sanʼatkorlar majlislarida, shuningdek, madrasalar hayotida keng oʻrin tutadi. Samarqandda 15-a. da musiqa madaniyati yanada rivoj topdi. Manbalarda koʻplab sozanda, xonanda, bastakor va musiqashunoslarning nomlari qoʻrsatilgan (Xoja Abdulqodir Marogʻiy bilan bir qatorda Amir Ali Akbar Samarqandiy, Boqiy Jarroh Samarqandiy, Sultan Muhammad Udiy Samarqandiy, Xojagii Samarqandiy, Tabib Mavlono Hasan Samarqandiy, Xoja Muhammad ibn Abdulhasan Samarqandiy va b.). Oʻsha davrdayoq, Samarqandda ud, qonun, chang, gʻijjak, tanbur, dutor, rubob, nay, qoʻbiz, rud, balabon, surnay, karnay, nogʻora, doira keng qoʻllanilgan.

Hoji Abdulaziz Abdurasulov (1852 — 1936) maqom yoʻllari, oʻzbek va tojik xalq ashulalarining mohir ijrochisi, sozanda va bastakor sifatida tanilgan. U bilan birga Levicha Hofiz, Kori Yokub, Kamol hofiz, Maʼrifatxon, Maksadcha va b. xonanda va sozandalar, yallachi, askiyachi va raqkrs Hoji Qurbon faoliyat koʻrsatgan. Samarqandda ilk bor (1947-y. da) teatr sanʼatiga kadam qoʻyilgan. Samarqand poytaxtlik davrida, 1925-y. dan M. Miroqilov rahbarligidagi Oʻzbek davlat sayyor namuna truppasi (1927-y. dan M. Uygʻur rahbarligidagi markaziy Drama truppasi), 1929-y. dan M. Qoriyoqubov rahbarligidagi Oʻzbek Davlat musiqali teatri oʻz faoliyatini boshlagan.

Shuningdek, Samarqandda 1928-y. dan Oʻzbek musiqa va xoreografiya (sanʼatshunoslik) ilmiy tadqikot in-ti ishladi. Bu yerda M. Ashrafiy, T. Sodikov, M. Burxonov, Sh. Ramazanov va b. taʼlim olgan. 1945-y. dan tashkil etilgan Samarqand davlat musiqa yurti (hoz. Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi Samarqand davlat sanʼat kolleji) da Z. Haqnazarov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi F. Yoqubjonov, T. Sayfiddinov, M. Mavlonov va b. taʼlim olishgan. 1964-y. da Muxtor Ashrafiy rahbarligida Samarqand opera va balet teatri tashkil qilinib, maxsus qurilgan yangi binoda ish boshlagan. Bastakorlardan Sh. Sohibov, Sh. Akramovlarning, xonandalardan G. va M. Mullaqandov, M. Tolmasov, baletmeyster I. Oqilov va b. ning faoliyati Samarqand bilan bogʻliq.

Keyingi davrda Samarqandda xalq artistlari A. Joʻrayev, Sh. Meyliyeva, V. Shleykin, K. Muslimova, O. Mavlonova ijod qilishgan, shuningdek, Samarqand zaminida S. Jalil, D. Safoyev, I. Nurmonov, B. Yoʻldoshev kabi sanʼat arboblari; N. Abdullayeva, M. Mavlonov, A. Ergashev, T. Qurbonov, T. Sayfiddinov kabi xalq artistlari, xonandalar S. Saftarova, E. Haydarov, bastakor R. Hamroqulov va b. yetishib chikkan. Samarqandda 1978, 1983 va 1987-y. larda Oʻrta va Yaqin Sharq anʼanaviy musiqasiga bagʻishlangan xalqaro musiqa anjumanlari, 1997-y. dan boshlab «Shark taronalari» xalqaro festivali oʻtkazilmoqda.

Sogʻliqni saqlash . Viloyatda 111 kasalxona (14,7 ming oʻrin), 579 poliklinika, ambulatoriya va b. tibbiy muassasalar (1 smenada 36,0 ming kishini qabul qilish quvvatiga ega), 208 ayollar konsultatsiyasi, 187 bolalar poliklinikasi va ambulatoriyasi, 311 qishloq vrachlik punkti, 444 feldsherakusherlik punkti, 21 qishloq uchastka kasalxonasi va ambulatoriyada ixtisoslashtirilgan davolash markazlari tashkil etilgan. Ushbu tibbiy muassasalarda 4,4 ming vrach, 17 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazi Respublikada birinchi boʻlib ishga tushirildi va asbobuskunalar, qattiq va yumshoq jihozlar hamda kadrlar bilan taʼminlandi. Markazning tumanlardagi filiallaridan 14 tasi ishga tushirildi va faoliyat koʻrsatmoqda. 2003-y. da 39 qishlok vrachlik punktlari ishga tushirildi. Viloyatda tibbiyot muassasalarining 18 tasi oʻz-oʻzini qisman moliyalashtirishga oʻtkazildi.

Viloyatda 9 sanatoriy va dam olish uylari shu jumladan, Nurbulok sanatoriysi, Nurobod tumanidagi boʻgʻin, oyoq ogʻrigʻi kasalliklarini tabiiy suv asosida davolaydigan kurort, Samarqand tumanidagi Ogʻalik kishlogʻida va Samarqand sh. dagi dam olish uylari va b. mavjud.

Sport. Sv. sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha har xil darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqdalar (kurash, chim ustida xokkey, voleybol, futbol, tennis, boks va b.). Samarqand sportchilari 2003-y. davomida xalqaro va respublika musobaqalarida jami 88 oltin, 153 ta kumush va 106 ta bronza medallariga sazovor boʻldilar. Viloyatda zamonaviy sport inshootlaridan 41 stadion, 9 suzish havzasi, 486 sport zallari, turli darajadagi musobakalar oʻtkaziladigan 49 tennis korti, 4349 sport maydonchasi mavjud. Samarqand viloyatida 42 bolalar va oʻsmirlar sport maktabida 47 mingdan ortiq oʻquvchi sportning 27 turi boʻyicha taʼlim oldi (2003). Viloyatda 1930 jismoniy tarbiya jamoalari faoliyat koʻrsatadi. Sport sogʻlomlashtirish jamoalarida 803 mingdan ziyod kishi shugʻullanadi. Joriy yidda viloyatda 124 dan ziyod sport inshootlari qurildi. Kurash boʻyicha xalqaro turnir, respublika miqyosida 17 ta sport musobaqalari oʻtkazildi. 2004-y. da viloyatda «Universiada—2004» oʻtkazilishi munosabati b-n bir qancha sport majmualari bunyod etilmoqda.

Adabiyoti. Samarqand kad. zamonlardan boshlab adabiyotshunos olim va shoirlarning vatani sifatida mashhur. Asrlar davomida Samarqand adabiy hayotining oʻziga xos kator xususiyatlari shakllandi. Ulardan biri turkiy va fors-tojik tilida soʻzlashuvchi oʻzbek va tojik xalqdari madaniy va adabiy anʼanalarining KOʻshilib ketishidir. Bu, oʻz navbatida, badiiy ijodda ikki tillilik — zullisonaynlikni yuzaga keltirdi. Agar 8-a. ga qadar sugʻdiyturkiy yetakchi oʻrinni egallagan boʻlsa, 7—10a. larda forsiyarabiy tillarda ijod qilindi. 11-a. dan boshlab esa, forstojik va turkiyoʻzbek tillarida asarlar yaratildi. 15-a. dan keyingi davrlarda fors-tojik, turkiyoʻzbek va arab tillari aralashmasida ijod qilinganligini ham koʻrish mumkin. Ikki tilda ijod kilish keyinchalik Samarqand adabiy hayotida asosiy oʻrin egalladi. Samarqand adabiy hayotini shakllantirishda Abulyanbagʻiy Samarqandiy, Xuraymiy Sugʻdiy Samarqandiy (8—9-a. lar), Abu Hafz Sugʻdiy Samarqandiy, Abu Abdullo Rudakiy (9—10-a. lar), Adib Ahmad Yugnakiy kabilarning oʻrni katta. Samarqand adabiy muhitining namoyandalari: Muhammad Zahiri Samarqandiy, Hakim Soʻzaniy Samarqandiy, Mavlono Sakkokiy, Ahmad Hojibek Vafoiy, Mirzobek Samarqandiy, Mirzoxoʻja Sugʻdiy, Riyoziy Samarqandiy, Zulfiqor Fakiriy Samarqandiy, Fitrati Zardoʻzi Samarqandiy (15—17-a. lar), Sodik Samarqandiy, Yoqub Samarqandiy, Junaydullo Xoziq, Bazmiy, Ziyrakiy Samarqandiy, (18—19-a. lar), Dabiriy, Said Ahmad Vasliy, Hodiy Samarqandiy, Muhammad Olim Samarqandiy, Hoji Sobir Samarqandiy, Said Ahmad SiddiqiyAjziy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulkarim Sipandiy, Saidrizo Alizoda, Abdujalil Pisandiy, Ibrohim Jurʼat, Tugʻral, Fikriy (19—20-a. lar) singari oʻzbek va tojik adabiyoti uchun birday xizmat qilgan shoirlar jonbozlik koʻrsatdilar. Samarqand adabiy hayotining shuhratida boshqa oʻlkalardan kelib qolgan adabiyotshunos va shoirlarning ham xizmati bor. Umar Hayyom (Nishopur), Saʼdiy Sheroziy, Kamol Xoʻjandiy, Zamahshariy (Xorazm), Yusuf Badeiy Andijoniy, Mavlono Safo Andijoniy, Muhammad Badaxshiy, Mavlono Ismat Buxoriy, Xayoliy Buxoriy, Aʼloi Shoshiy, Shayxim Suhayliy (Hirot), Said Nasafiy (Qarshi), Turdi Farogʻiy (Buxoro), Kamoliddin Binoiy (Hirot), Muhammad Solih (Xorazm), Zayniddin Maxmud Vosifiy (Hirot), Zahiridsin Muhammad Bobur (Andijon) kabilarning nomlari dunyoga tanilgan. Ularning ijodiga Samarqand adabiy muhiti ham oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Samarqanddan yetishib chiqqan Nizomiy Aruziy Samarqandiy (12-a.) oʻzining «Majmaʼunnavodir» «Chahor maqola» asari bilan shoir va adabiyotshunos olim sifatida shuxrat qozonib, asari koʻp tillarga tarjima kilinib nashr etilgan. Samarqand adabiy hayotida, ayniqsa, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning benazir oʻrni bor. Abdurahmon Jomiy koʻp marta bu diyorda boʻlgan. Ulugʻbek madrasasida tahsil koʻrgan, Xoja Ahror Vali va b. ulugʻlar bilan hamsuhbat bulgan. Uning Samarqanddagi hayoti hakida «Mirzo Hamdam» dostoni yaratilgan.

1465—1469-y. lar orasida Samarqandda bulgan Alisher Navoiy mashhur faqih Fazlulloh Abu Laysiy madrasasida oʻkigan, uni oʻziga ustoz deb bilgan. Alisher Navoiy Samarqandda Ahmad Hojibek Vafoiy, Mirzobek Samarqandiy, Aʼloi Shoshiy, Yusuf Andijoniy, Riyoziy Samarqandiylar bilan ijodiy aloqada boʻlib asarlar yaratgan.

Alisher Navoiyning zamondoshlaridan boʻlgan Davlatshoh Samarqandiy (15—16-a. lar) «Tazkirat ushshuaro», «Mutribiy (17-a.) «Tazkirat ush shuaro», Muhammadbadeʼ Maleho Samarqandiy (17-a.) «Muzakkir ulasʼhob» tazkiralari bilan adabiyotshunoslikning rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Samarkdndda adabiyetshunoslik tarakdiyotiga Yusuf Sakkokiyning «Miftoh ululum» (13a.), Saʼdiddin Taftazoniyning «Muxtasar ulmaoniy», Said Sharif Jurjoniyning poetikaga oid asarlari katta taʼsir koʻrsatdi. Qozizoda Rumiyning «Sharhi purra», Ali Qushchining «Sharhi «Miftoh ululum», Taftazoniy», Abulqosim Samarqandiyning «Risola alistiorot», «Risola alistiorot alSamarqandiya»kabi asarlari ana shu taʼsir natijasida yuzaga kelib, adabiyotshunoslik ilmining rivojiga turtki boʻldi. Mavlono Yusuf Andijoniy muammo janriga doir oʻz risolasini yaratdi. Samarqand madaniy-adabiy hayotiga bevosita Xoja Ahror Valiy (15-a.), Mahdumi Aʼzam Kosoniy singari naqshbandiya pirlarining taʼsiri xam bor. Ular oʻzlarining tariqat, adabiyot va badiiy ijod sohasidagi asarlari b-n adabiyotning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshdilar. Maxdumi Aʼzam Kosoniy bir qancha boshqa asarlar bilan «Sharhi gʻazaliyoti Ubaydullaxon», «Sharhi ruboiyoti Ubaydullaxon» singari risolalarni ham yaratgan. Muhammad Shayboniyxon, Ubaydulloxon (16-a.), adabiy faoliyatida ham Samarqand adabiy hayoti b-n aloqador. 19-a. 2-yarmi — 20-a. boshlarida Samarqandda adabiy hayot yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarildi. Bu davrda Abdulkarim Sipandiy, Nazriddin Hodiy, Saidrizo Alizoda, Maxmudxoʻja Behbudiy, Mirzo Akram Fikriy, Abdujalil Pisandiy, Ibrohim Jurʼat, Saidahmad Vasliy, Abdulqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy, Hoji Muyin Shukurov, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat va b. ning sheʼriy va nasriy asarlarida maʼrifatparvarlik, milliy istiqlol uchun kurash gʻoyalari oʻz ifodasini topdi. Ayniqsa, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitratlarning adabiyotshunoslik va adabiyot tarixiga doir tadqiqotlari, nasriy va sheʼriy asarlari oʻzbek adabiyotida yangi mavzu, shakl va gʻoyalarning oʻrin egallashiga sabab boʻldi. Sadriddin Ayniyning «Doxunda», «Qullar», «Esdaliklar» romanlari romannavislikning yangi bir taraqqiy bosqichi boʻldi. A. Fitratning «Oʻzbek adabiyoti namunalari» asari mumtoz adabiyotimiz tarixini izchil oʻrganishga bagʻishlangan dastlabki majmualardan boʻldi. Samarqand Respublika markaziga aylangan yillarda adabiy hayot jonlandi, ijodiy tashkilotlar yuzaga keldi, shoirlar, yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar bu yerga toʻplandi.

20-a. ning 1-yarmida Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Islom shoir Nazar oʻgʻli, Poʻlkan shoir kabi xalq shoirlarining ijodiy faoliyati butun Oʻzbekiston adabiyotining koʻrkiga aylandi. Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Saʼdiy, Otajon Hoshim, Abdulhamid Majidiy, Hamid Olimjon, Usmon Nosir, Shokir Sulaymon, Oydin Sobirova, Raʼno Uzoqova, Sayd Nazar, Muzayyana Alaviya, Temur Maʼrufiy, Vadud Mahmudiy, Hasan Poʻlat kabi adabiyotshunos olim, shoir va yozuvchilar Samarqandda yashab ijod etdilar, adabiy hayotdga faol ishtirok etdilar. 20-a. ning 2-yarmi Samarqand adabiy hayotining koʻtarilishi va yangi ijodkorlar bilan boyish davri boʻldi: akad. Vohid Abdullayev, akad. Botir Valixoʻjayev, prof. lardan R. R. Muqumov, O. Ikromov, S. Mirzayev, N. Shukurov, Sh. Shukurov, S. Saʼdiyev, Sh. Xolmatov, R. Orzibekov, M. Muxiddinov, Isroil Mirzayev, Ibodulla Mirzayev va b. ; shoirlar: Dushan Fayziy, B. Boyqobilov, Hamida Karimova, Bibisora Turobova, H. Hasanova, H. Bobomurodova, J. Sirojidsinov (Humiy), Olqor Damin, Mardonqul Muhammadqulov, Yodgorbaxshi Isoqov, Haydar Yahyoyev, Rahim Farhodiy, Yazdon Xudoyqulov, Nusrat Rahmatov, Xurshid Davron, M. Boboyev, Azim Suyun, Murod Muhammad Doʻst va b. ; yozuvchilar Bolta Ortiqov, Bobomurod Daminov, Sayd Nazar va b. ning ilmiy va badiiy asarlari adabiyotning taraqqiyotiga munosib hissa boʻlib qoʻshiddi.

Milliy istiklol Samarqand adabiy hayotining taraqqiyotini boshlab berdi. Bu davrda adabiyshunoslik qoʻlga kiritgan yutuqlar sifatida Botir Valixoʻjayevning «Oʻzbek adabiyoti tarixi» (2002), prof. S. Mirzayevning «Hayot va adabiyot (2001), prof. H. Umurovning «Adabiyot nazariyasi» (2002), singari kitoblarini koʻrsatish joizdir.

Samarqand viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar, jurnalistlar va b.)ning viloyat shoʻbalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Matbuot, radioeshittirish va televideniyesi. Samarqand viloyatida 3 viloyat gaz. («Zarafshon», 1917-y. dan chiqariladi, adadi 5000; «Samarqandskiy vestnik», 1917-y. dan chop qilinadi, adadi 1200—1300, «Ovozi Samarqand» tojik tilida 1989-y. dan chiqariladi, adadi 3500), 14 tuman gaz., 1 shahar gaz., («Samarqand») chikadi. Viloyatda, shuningdek, bir qancha tarmoq gaz. nashr etiladi. Jami 42 nomdagi gaz. va 9 nomdagi jurnallar chop etiladi.

Samarqandda 1894-y. da dastlabki bosmaxona tashkil etilib, oʻzbek, tojik va rus tillarida badiiy va ilmiy adabiyotlar, kOʻllanmalar nashr qilina boshladi. Xususan, 1907—11 y. larda A. Shakuriyning hikoyalar («Jomeʼ ulHikoyot») va sheʼrlar (Zubdat ulashʼor) toʻplamlari, 1914-y. Saidahmad Siddiqiy asari («Mirʼoti Ibrat»), 1913-y. tarakkiyparvar pedagoglar I. Rahmatullayev («Rahbari maktab»), Xoʻja Moʻyin Shukurov («Rahnamoi savod») alifbolari va b. asarlar nashr etildi. 1904-y. 1-maydan «Samarqand» gaz. chiqariladi. 1917—20y. larda oʻzbek, tojik, rus tillarida bir qancha gaz. va jurnallar, ommaviy-siyosiy adabiyotlar nashr etildi.

Samarqandda birinchi radioeshittirishlar 1926-y. dan boshlangan. Sv. radiosi oyiga 30 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Viloyat boʻyicha telekoʻrsatuvlar 1955-y. dan boshlangan. 1991-y. dan Samarqand sh. televideniyesi faoliyat koʻrsatmoqda.

Meʼmoriy yodgorliklari. Samarqand viloyati madaniy, tarixiy va meʼmoriy yodgorliklarga boy. Samarqand sh. dagi Shohizinda meʼmoriy ansambli, Bibixonim jome masjidi, Registon maydonidagi meʼmoriy majmua, Amir Temur maqbarasi, Ulugʻbek rasadxonasi va b. butun dunyoga mashhur.

Viloyatda 291 meʼmoriy, 1452 arxeologik, 36 tarixiy, 188 monumental sanʼat va haykaltaroshlik yodgorligi bor. Samarqand viloyati dagi meʼmoriy yodgorliklardan Kattaqoʻrgʻondagi Qalandarxona masjidi (1909—10 y. lar), Okdaryo tumanidagi Maxdumi Aʼzam meʼmoriy majmuasi (16—20-a. lar), Paxtachi tumanidagi Imom Bahri ota maqbarasi (15 — 16-a. lar), Nurobod tumani Tim qishlogʻidagi Arabota maqbarasi (977-y.), Payariq tumani Xartang qishlogʻidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui, Samarqand sh. atrofida Xoja Abdi Birun meʼmoriy ansambli (15—18-a. lar), Xoja Axror meʼmoriy majmui (15—20-a. lar), Nodir Devonbegi madrasasi (1630—31y. lar) va b. saqlanib qolgan.

Mustaqillik yillarida madaniy merosni tiklash, tarixiy va meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash ishlariga Oʻzbekiston hukumati tomonidan katta eʼtibor berilmoqda. Oʻzbekiston prezidenta I. A. Karimovning tashabbusi bilan Samarqand viloyati vdagi Xartang qishlogʻi yaqinida Imom alBuxoriy yodgorlik majmui oʻz oʻrnida qayta tiklandi, shuningdek, Samarqand sh. dagi Imom Abu Mansur alMoturidiy maqbarasi, Samarqand sh. yaqinidagi Dahbed qishlogʻida Maxdumi Aʼzam masjidlari va b. toʻla taʼmirlandi.

472—473betlar orasidagi Samarqand viloyatining tabiiy va iqtisodiy rangli xaritasiga q.

Ad.: Karimov I. A. , Oʻzbekiston 21 asrga intilmoqda, T., 1999; Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti, T., 1998; Oʻzbekiston Respublika™, T., 2002; Buryakov Yu. F., Saidov K. S., Toʻxliyev I. S, Shevchenko L. S, Samarqand asrlar boʻsagʻasida, T., 2001; Rtveladze E., Musulmanskiye svyatыni Oʻzbekistana, 1996; Toshpoʻlat Jumaboyev, Orzimurod Rahmatullayev, Qobiljon Tohirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x