GARONNA

GARONNA — Fransiyaning jan.gʻarbidagi daryo. Uz. 647 km. Havzasining mayd. 56 ming km2. Pirenei togʻlaridan boshlanib, Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻiga Dordon daryosi bilan birgalikda Jironda estuariysini hosil qilib quyiladi. Daryo yuqori oqimida togʻ daryosi, quyi oqimida tipik tekislik daryosidir. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yomgʻir yoqqanda va togʻlardagi qor eriganda qattiq toshadi. Quyilish yerida oʻrtacha … Читать далее

GABON

GABON (Gabon), Gabon Respublikasi (Republique Gabonaise) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 267,7 ming km2. Aholisi 1,19 mln. kishi (1997). Poytaxti — Librevil sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Gabon — respublika. 1990-y. mayda qabul qilingan va 1997-y. apr. da tuzatishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1967-y. dan Omar Bongo). … Читать далее

BOTIQ

BOTIQ — quruqlikda yer yuzasining, shuningdek okean va dengizlar tubining atrofga nisbatan ancha pastga botgan joylari. Tubi koʻpincha tekis, chuqurligi har xil boʻladi. Botiq koʻproq tektonik yoʻl bilan vujudga keladi. Shakli odatda, yumaloq, oval hamda uzunchoq boʻladi. Diametri yoki uzunligi oʻn va yuzlarcha km ga yetadi (Fargʻona, Sariqamish, Borsakelmas B. lari). B. soʻzi soylik, depressiya, … Читать далее

BERING OROLI

BERING OROLI — Bering dengizining Komandor orollari guruhidagi orol (RF). Mayd. 1,7 ming km2. Jan. sharqiy qismi togʻli (eng baland kismi 751 m), paleogenneogenning tuf va antropogenning effuziv yotqiziqlaridan tuzilgan. Iqlimi okean subarktika iqlimi. Yiliga 500 mm yogʻin yogʻadi. Asosan, tundra oʻsimliklari, soyliklarda lakana kayin, tol, chetan (ryabina) oʻsadi. Sohilida dengiz mushugi, sivuch yashaydi. Aholisi … Читать далее

BAZALT

BAZALT (lot. basaltes, yun. basanos — sinov toshi) — magmatik togʻ jinsi. Rangi boʻz va qoramtir. S. ogʻ. 2,5 — 3. Tarkibi asosan plagioklaz (labrador) dan iborat; shuningdek piroksenlar, olivin hamda magnetit, titanit, apatit va h. k. ham boʻladi. Kimyoviy tarkibi uning chuqurlikdagi analogi boʻlgan gabbroga yaqin. Vulkan shishasi donador kristallar oraliqlarini toʻldirib turadi. Toʻla … Читать далее

GIDROLOGIYA

GIDROLOGIYA (gidro… va…logiyadan) — tabiatdagi barcha suv, yaʼni okean va dengizlar, daryo va koʻllar, qor va muzliklar, suv omborlari, botqoqliklar va yer osti suvlarini, ularning joylashishi, xususiyatlari, oʻzaro va atrof tabiiy muhit (atmosfera, litosfera, biosfera) bilan taʼsiri natijasida roʻy beradigan hodisalar hamda jarayonlar qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. G. oʻrganiladigan suv havza (obyekt) larining joylashishiga koʻra okean … Читать далее

GEOSINKLINAL

GEOSINKLINAL (geo… va sinklinal) , geosinklinal mintaqa — Yer poʻstining uzun (oʻn, yuzlab km), nisbatan tor va chuqur choʻkmasi. Dengiz havzalari tubida vujudga keladi va odatda, yer yoriqpari bilan chegaralangan, choʻkindi va vulkan jinslarining qalin qatlami bilan toʻlgan boʻladi. Uzoq davom etgan shiddatli tektonik deformatsiyalar natijasida Geosinklinal murakkab burmali struktura — togʻ tizimlariga aylanadi. Odatda, … Читать далее

GVINEYa

GVINEYa (Guinee), Gvineya Respublikasi (Republique de Guinee) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Mayd. 246 ming km2. Aholisi 7,4 mln. kishi (1990-y. lar oxiri). Poytaxti — Konakri sh. Maʼmuriy jihatdan 8 viloyat (provinsiya)ga, viloyatlar 35 prefekturaga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Gvineya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-y. 23 dek. da kuchga kirgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (L. … Читать далее

GEOTERMIKA

GEOTERMIKA (geo… va yun. therme — issiqlik, isitma) — Yerning issiqlik maydonini oʻrganuvchi fan. Yer qobigʻidagi qatlamlardan issiqlikning koʻtarilishi (oʻtishi) togʻ jinslarining issiqlik oʻtkazuvchanligi, issiqdik singdiruvchanligi, t-ra T oʻtkazuvchanligi bilan bogʻliqdir. Yer yuzasidagi t-raning tarqalishi tashqi sharoitlarga ham bogʻliq. 15 km va undan ortiq chuqurlikda t-raning miqdor oʻzgarishi juda ham kichik (gradusning ulushi). T-raning bunday … Читать далее

BARRANKILYA

BARRANKILYA — Kolumbiyaning shim. – gʻarbidagi shahar, Atlantiko departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,35 mln. kishi (1985, shahar atrofi b-n). Magdalena daryosi boʻyidagi port, okean kemalari ham kira oladi. Mamlakatning savdo-sanoat markazi. Neftni qayta ishlash, kimyo, sement, poyabzal, toʻqimachilik, metallsozlik va kemasozlik sanoati korxonalari mavjud. Barrankilya porti orqali chetga kofe, teri, neft mahsulotlari chiqariladi. Xalqaro aeroport, … Читать далее