GEOTERMIKA

GEOTERMIKA (geo… va yun. therme — issiqlik, isitma) — Yerning issiqlik maydonini oʻrganuvchi fan. Yer qobigʻidagi qatlamlardan issiqlikning koʻtarilishi (oʻtishi) togʻ jinslarining issiqlik oʻtkazuvchanligi, issiqdik singdiruvchanligi, t-ra T oʻtkazuvchanligi bilan bogʻliqdir. Yer yuzasidagi t-raning tarqalishi tashqi sharoitlarga ham bogʻliq. 15 km va undan ortiq chuqurlikda t-raning miqdor oʻzgarishi juda ham kichik (gradusning ulushi). T-raning bunday oʻzgarishi Yer zaminidagi sharoit va uning yuzasidagi qad. issiqlik manbalari bilan bogʻliqdir. Yer osti suvi va relyef Yerning faqat 100200 m chuqurligigacha t-ra oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatadi. Yerning t-ra maʼlumotlari parmalangan quduqlar, togʻ jinslari, zamindan chiqayotgan lavalariing t-rasini bevosita oʻlchash, chuqurdagi moddalarning elektr oʻtkazuvchanligini baholash va har xil nazariy hisoblash b-n (issiqlik manbalarining joylashishi, issiqlik tarixining tahdili asosida) yigʻiladi. Bu maʼlumotlar t-raning Yer yuzasidan chuqurlikka qarab ortishini koʻrsatadi. Bu ortish tezligi har xil chuqurlik va hududlarda oʻzgaruvchan boʻlib, issiqlik oʻtkazish koeffitsenti X va issiqlik oqimining zichligi Q bilan bogʻliqligi aniqlangan. Yerning yuqori qatlamidagi kristallangan Ya =(5—8)* 10° va choʻkindi jinslardaX=(25)*10~3kal/smstrad. bilan ifodalanadi. Oʻrtacha Q Yerda — 1,2—1,5, okeandagi chuqur botiqlarda — 0,2-0,6, qalqonlarda — 0,7—1,1, okean oraligʻidagi tizmalar va baʼzi geosinklinallarda — (2,5)—8*10~6 kal/sm2s ga tengdir. Juda yuqori Q miqdori otilib turgan vulkanlar maydoniga taalluqdidir. Q ning anomal holati geoidning ellipsoid yuzasidan qochish qiymatining taxm. tarqalishiga mos keladi. Bu esa mantiyadagi harakat yoʻnalishi (konveksiya) kataklarining borligi bilan Q ning bogʻliqligini koʻrsatadi. Yerdan ajralib chiqayotgan issiqlikning koʻp qismi jinslarning issiqlik oʻtkazuvchanligi b-n bogʻliq. Bunda issiq suvlarning harakati, vulkanlarning otilishi va b. jarayonlarning uncha ahamiyati yoʻq. Zamonaviy issiqlik oqimining tabiatini tushuntirish uchun Yerdagi qalinligi 20—25 km «granit» va 100—200 km «bazalt» qatlamlaridan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini aniqlash lozim. Zamindagi t-rani baholash esa juda aniq emas, chunki chuqurlik ortishi bilan xatolik ham ortib boradi. Buning sababi t-ra jarayonini tashkil qiluvchi t-ra manbalarning aniqmasligidadir. Yerning 100 km chuqurliqida t-ra 1000 — 1400° ga tengligi har xil usullar bilan aniqlangan boʻlsada, bundan ham chuqurroqda t-ra 2,0—2,5-marta farqlanadi. Oʻzbekistonning Chust-Pop hududida issiqlik anomaliya maydoni mavjud.

Qad. geotermik davrlardagi t-ra sharoitlari har xil metamorfizm fatsiyalariga taalluqli togʻ jinslarining va intruzivlarning mavjudligi hamda qator kimyoviy elementlarning izotop nisbatlari (koʻpincha, kislorod qoʻllaniladi) asosida topiladi. Olingan maʼlumot va xulosalardan geodinamika, geotektonika, magmatizm, uran, neft-gaz, issiq maʼdanli suv manbalarini, tabiiy bugʻ konlarini izlash va qidirish, togʻ-texnik sharoitni baholash, boʻlajak zilzila oʻchoqlarini aniqlash, geofizik muammolarni yechishda foydalaniladi.

Akbar Yormuhamedov, Qahhorboy Abdullabekov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x