BAZALT

BAZALT (lot. basaltes, yun. basanos — sinov toshi) — magmatik togʻ jinsi. Rangi boʻz va qoramtir. S. ogʻ. 2,5 — 3. Tarkibi asosan plagioklaz (labrador) dan iborat; shuningdek piroksenlar, olivin hamda magnetit, titanit, apatit va h. k. ham boʻladi. Kimyoviy tarkibi uning chuqurlikdagi analogi boʻlgan gabbroga yaqin. Vulkan shishasi donador kristallar oraliqlarini toʻldirib turadi. Toʻla kristallangan Bazaltlar dolerit deyiladi. Bazaltning okean tubida paydo boʻlgan, temir va magniyga boy turi okeanit, tektonik yoriqlardan quruklikka oqib chiqib qotib qolgan turi esa platobazalt deyiladi. Bazalt okean tubi va quruqlikda juda katta maydonni egallagan. Hoz. vulkanlardan ham bazaltli lavalar oqib chiqadi. Tarkibida qaysi mineral borligiga qarab analsimli Bazalt, leysitli Bazalt, nefelinli Bazalt, magnetitli Bazalt, gayuinli Bazalt, apatitli Bazalt va h. k. deb ataladi. Bazalt kislotaga chidamli kimyoviy asboblar, quvurlar, elektroizolyatorlar yasashda, toshdan quyma buyumlar i. ch. da hamda qurilishda qoplama bezak materiallari sifatida ishlatiladi. Yaxshi silliqlanishi tufayli juda qadimdan haykaltaroshlikda Misr, Assuriya, Rim, Vizantiya, Armaniston va b. joylarda qoʻllanilib kelingan. Kamchatka, Zabaykalye, Armaniston, Ukrainada va Oʻzbekistonning Qurama, Turkiston, Tomdi togʻlari (paleozoy qatlamlari)da bor (yana q. Magmatik tog jinslari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x