DENGIZ BODRINGLARI

DENGIZ BODRINGLARI, dengiz koʻzachalari, goloturiyalar (Holoturoidea) — ninaterililar tipiga mansub sinf. Tanasi koʻpincha boch-kaga oʻxshash yoki chuvalchangeimon, uz. bir necha mm dan 2 m gacha, koʻpchilik turlari tanasi sirtida har xil oʻsimtalar (paypaslagichlar, oyoqchalar, pa-pillalar, yelkan va b.) boʻladi. Tanasi yumshoq teri bilan qoplangan. Terisida har xil mikroskopik ohak skelet plastinkalar, yaʼni spikulalar mavjud, baʼzan … Читать далее

DUALA

DUALA — Kamerun gʻarbidagi shahar, Vuri daryosi boʻyida, Gvineya qoʻltigʻidan 21 km ichkarida. Sohilboʻyi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 884 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Muhim savdo, sanoat, siyosiy va madaniy markaz. Mamlakatdagi eng katta okean porti, transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Duala orqali chetga yogʻoch, kakao, kofe, palma yongʻogʻi va moyi, paxta, alyuminiy … Читать далее

KOʻLSHUNOSLIK

KOʻLSHUNOSLIK, limnologiya — gidrologiya fanining koʻllarni oʻrganadigan sohasi. Koʻlshunoslik koʻllarning kelib chiqishi, geografik joylashishi, morfologiya va morfometriyasini, ulardagi suvning fizik va kimyoviy xossalarini, koʻllarda uzluksiz sodir boʻlib turadigan jarayon va hodisalarning vujudga kelishi va rivojlanish qonuniyatlarini, ularning oʻzaro va atmosfera hamda litosferadagi boshqa jarayon va hodisalar b-n bogʻliqligini, koʻllarning oʻsimlik va hayvonot dunyosini oʻrganadi. Koʻlshunoslik … Читать далее

KASPIYBOʻYI PASTTEKISLIGI

KASPIYBOʻYI PASTTEKISLIGI — Sharqiy Yevropa pasttekisligining jan.-sharqi (RF) va Gʻarbiy Qozogʻistonda joylashgan. Kaspiy dengizidan shim. da Yalpi Sirt, gʻarbda Volgaboʻyi va Yergeni qirlari, sharqsa Uraloldi va Ustyurt platolari bilan chegaralanadi. Maydoni qariyb 200 ming km2. Yassi tekislik, uning jan. qismi okean sathidan past, shim. qismida bal. 159 m gacha. Pasttekislikda ayrim qirlar koʻtarilib turadi. Toʻrtlamchi … Читать далее

KAP SOYLIGI

KAP SOYLIGI — Atlantika okean i tubining jan.-sharqiy qismidagi keng pasaygan joyi. Afrikaning jan.gʻarbiy materik yon bagʻri bilan Atlantika okeani oʻrtaliq tizmasi va Kit tizmasi oraligʻida. Uzunligi shim. dan jan. ga 1500 km, kengligi 1000 km, eng chuqur joyi 5520 m. Yuzasi sertepa, bal. 3000 m gacha boʻlgan suv osti vulkanlari bor. Kizil rangli gil … Читать далее

KOʻRAKOYOQLILAR

KOʻRAKOYOQLILAR, koʻrakoyoqli sut emizuvchilar (Pinnipedie) — sut emizuvchilar sinfining bir turkumi. Bu turkumga morj, dengiz arslonlari, kulokli tyulen, tojli tyulen, dengiz quyoni, qoʻngʻir tyulen, xoldor tyulen, asl tyulenlar kiradi. Koʻrakoyoqlilar suvda yashaydi. Juni qisqa. Oyoqlari suvda suzishga moslashib, koʻrak (eshkak)ka aylangan (nomi ham shundan). Koʻrakoyoqlilar yerda zoʻrgʻa sudralib yuradi. Tishlari, asosan, konus shaklida. Dumi juda … Читать далее

KOSTA-RIKA

KOSTA-RIKA (Costa Rica) , KostaRika Pec publ i kas i (Republica de Costa Rica) — Markaziy Amerikada joylashgan davlat. Mayd. 51,1 ming km2. Aholisi 3,77 mln. kishi (2001). Poytaxti — SanXose sh. Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat (provincia)ra, viloyatlar kantonlarga, kantonlar okruglarga boʻlinadi. Davlat tuzumi. K.-R. — respublika. Amaldagi Siyosiy Konstitutsiyasi 1949-y. 7 noyab. da qabul … Читать далее

ISKANDARIYA

ISKANDARIYA, Aleksandriya — MAP shim. dagi shahar, Iskandariya muhofazasining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengiz sohilida, Nil daryosi delta-sining gʻarbiy qismida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1996). Mil. av. 332—331-y. larda Aleksandr Makedoniyalik qurdirgan, Ptolemey davrida (mil. av. 305 — 30 y. lar) Misr poytaxti boʻlgan. Antik dunyoning ilmiy va madaniy markazlaridan biri. 1-a. da Iskandariya eng katta … Читать далее

IRLANDIYA OROLI

IRLANDIYA OROLI — Britaniya orollari arxipelagidagi orol. Shimol, gʻarb va jan. dan Atlantika okeani, sharqdan Irlandiya dengizi oʻrab turadi. Shim. va San-Georg boʻgʻozlari orqali Buyuk Britaniya o. dan ajralib turadi. Mayd. 84 ming km2, shim. dan ja-nubga uz. 450 km, eni 300 km atrofida. Qirgʻoklari notekis, qoʻltiq va qoyali orollar koʻp. Irlandiya orolining ichki qismi … Читать далее

GEOTEKTURA

GEOTEKTURA (geo… va lot. tectura — qoplam) — Yerning eng yirik relyef belgilari: materiklar va okean botiklari. Relyefning Geotektura elementlari umumsayyoraviy (planetar) kuchlar bilan bogʻliq. Ular Yer poʻsti strukturalarining shakllanishida qatnashadigan boshka jarayonlar bilan oʻzaro taʼsirda. Пост Навигацияси