GARONNA

GARONNA — Fransiyaning jan.gʻarbidagi daryo. Uz. 647 km. Havzasining mayd. 56 ming km2. Pirenei togʻlaridan boshlanib, Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻiga Dordon daryosi bilan birgalikda Jironda estuariysini hosil qilib quyiladi. Daryo yuqori oqimida togʻ daryosi, quyi oqimida tipik tekislik daryosidir. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yomgʻir yoqqanda va togʻlardagi qor eriganda qattiq toshadi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 680 m3/sek. Kanallar sistemasi orqali Oʻrta dengiz bilan bogʻlangan. 190 km masofada (Bordo sh. gacha) okean kemalari qatnaydi. Daryoga suv omborlari, GESlar qurilgan. Sugʻorishda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x