PORTLEND

PORTLEND — AQSHning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar, Oregon shtati-da. Aholisi 529,1 ming kishi (2000). Uillamett daryosining Kolumbiya daryo-siga quyilish joyida, okeandan 170 km ichkaridagi port (okean kemalari ham kira oladi), chetga oʻrmon mahsulotlari va gʻalla chiqariladi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Portlend — mamlakatning Tinch okean sohilidagi muhim sanoat va savdomoliya markazlaridan. Rangli va … Читать далее

POLSHA

POLSHA (Polska), Polsha Respublikasi (Rzeczpospolita Polska) — Markaziy Yevropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Varshava sh. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (wojewodztwo) ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Polsha — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-y. 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1995-y. dan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomonidan umumiy teng … Читать далее

MISSISIPI

MISSISIPI (mahalliy indeyslar tilida — katta dare) — AQSHdagi dare, dunyodagi eng katta daryolardan biri. Uz. 3950 km (Missuri daryosining boshidan hisoblaganda 6420 km), havzasining mayd. 3268 ming km2. Minnesota shtatining shim. qismidagi koʻldan boshlanadi, Markaziy tekisliklar va Meksika boʻyi pasttekisligini shim. dan janubga kesib oʻtib, delta hosil qilib (32 ming km2) Meksika qoʻltigʻiga quyiladi. … Читать далее

MODDA VA ENERGIYANING AYLANMA HARAKATI

MODDA VA ENERGIYANING AYLANMA HARAKATI — geografik qobiq va ayrim landshaftlardagi komponentlararo aloqalarni ifodalovchi qonuniyat. Aylanma harakatlar turlituman — okean suvlari, atmosfera, suvning aylanma harakati, biologik, litologik aylanma qarakat va b. shular jumlasidandir. Modda va energiyaning aylanma harakati va E. A. H. dagi tafo-vutlar tufayli Yer yuzasida turli xil tabiiy hududiy komplekslar vujudga kelgan. Tabiatdagi … Читать далее

MAGMATIZM

MAGMATIZM — magmaning suyulishi, uning evolyutsiyasi, harakati, boshqa qattiq jinslar bilan oʻzaro taʼsiri va qotishini oʻz ichiga olgan jarayonlar majmui. M. Yerning chuqur qismidagi faol harakatlarning eng muhim koʻrinishlaridan biri. Tektonik harakatlar xarakterining oʻzgarishi bilan Magmatizm tipi ham oʻzgaradi, geologik tarixga va Yer poʻstining u yoki bu strukturasiga bogʻliqligiga qarab geosinklinal, platforma, okeanik va tektonikmagmatik … Читать далее

PASSAT OQIMLARI

PASSAT OQIMLARI — okean yuzasida passatlar taʼsirida hosil boʻladigan suv oqimlari. Atlantika va Tinch okeanlarda — Shim. va Jan. Passat oqimlari, Hind okeanida — Jan. yarim shardagi Passat oqimlari mavjud. Passat shamollari esib turga-nidan Passat oqimlari sharkdan garbga tomon soatiga 1—2 km tezlikda harakat qiladi (okeanlarning gʻarbiy qismlarida bu tezlik soatiga 3 km ga yetadi). … Читать далее

MUHITI KABIR

MUHITI KABIR — Okeanning oʻrta asr Sharq tarixi va adabiyotidagi nomi. «Muhit» termini oʻsha davrda dengiz, okean maʼnosida keng qoʻllanilgan. Ayniqsa, Beruniyning «Hindiston», «At-Tafqim» asarlarida Atlantika okeani — Oʻqiyonus, Muhiti Magʻribiy (Gʻarbiy okean), Shimoliy Muz okeani — Daryoi Muhiti Shimoliy, Tinch okean — Daryoi muhiti Mashriqiy (Sharqiy Okean) tarzida keltirilgan. Пост Навигацияси

MUSSONLAR

MUSSONLAR (frans. moussons; arab, mavsum — yil fasllari) — Yer yuzasida va troposferaning quyi qismida doimo bir tomonga esadigan va faqat yil fasllarining almashinishi b-ngina oʻz yoʻnalishini qarama-qarshi tomonga oʻzgartiradigan havo oqimi. Bunda quruq, kam bulutli havo oʻrnini sernam, seryogʻin havo oladi (yoki, aksincha boʻladi). Mussonlarning hosil boʻlishida materik bilan okeanning turlicha isishi sabab boʻladi. … Читать далее

MIKROSEYSMALAR

MIKROSEYSMALAR (mikro… va seismos — tebranish, zilzila) — atmosfera bosimining oʻzgarishi va b. sabablar tufayli Yer sirtining sinusoida shaklda juda kichik oʻzgaruvchan amplituda bilan tebranishi. Mikroseysmalar tabiiy va sunʼiy, davriy va davriy boʻlmagan tebranishlardan iborat. Tabiiy Mikroseysmalarga dengiz, okean, dare suvlarining chayqalishi, atmosfera bosimining oʻzgarishi, kuchli shamol, doʻl, sel, toshqin va b. sabab bulishi mumkin. … Читать далее

MATERIK YON BAGʻRI

MATERIK YON BAGʻRI — okean tubining qirgʻoqqa yaqin qismi, materikning suv ostidagi chekka qismlarining asosiy elementlaridan biri. Shelf bilan materik etagi orasida joylashgan. Okean shelfi va qaʼriga qaraganda yon bagʻri xiyla tikligi (oʻrtacha 4°, koʻp hollarda 15—20° dan 40° gacha) va rel-yefning parchalanganligi bilan farq qiladi. Seysmik tadqiqotlar, dragalash va chuqur suv osti parmalashlari natijasida … Читать далее