USMONLI TURK IMPERIYASI

USMONLI TURK IMPERIYASI, Usmonlilar davlati [Yevropada Ottoman imperiyasi deb atalgan] — Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Shim. Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda usmonlilar sulolasi boshqargan davlat (1299 — 1922). Usmonli turk imperiyasiga Usmon I asos solgan. Bu davlat dastlab Kichik Osiyoning shim. gʻarbiy qismi Eski shahar va Anatoliya hududida saljuqiylarnint Koʻniya sultonligiga tobe … Читать далее

UMIDIY

UMIDIY (Havoiy, Margʻiloniy — taxalluslari; asl ismsharifi Muhammadumar qori Neʼmatulla oxun oʻgʻli) (1835 — Margʻilon sh. — 1905) — shoir, tarixchi. Hayoti Fargʻona va Margʻilonda, Sharqiy Turkiston (Qashqar)da kechgan, Furqat, Muqimiy va b. shoirlar bilan yakin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Ijodiy faoliyati 19-a. ning 2-yarmida Fargʻonadan boshlangan; adabiy merosi kichik hajmdagi lirik va satirik sheʼrlar hamda … Читать далее

UBAYDULLAXON

UBAYDULLAXON, Ubaydulla Sulton, Ubaydiy (toʻliq ismi: Abulgʻoziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budogʻ Sulton ibn Abulxayrxon) (1486, Xorazmning Vazir sh. yaqinidagi Tirsak mavzesi — 1540.17.3, Buxoro) — Buxoro xoni (1533—40), shoir. Shayboniylar sulolasidan. Muhammad Shayboniyxonning jiyani, Mahmud Sultonning oʻgʻli. Otasining iltimosiga kura, unga Xoja Ubaydulloh Ahror oʻz ismini bergan. Tasavvuf boʻyicha dastlabki saboqni … Читать далее

URGANCH MUDOFAASI

URGANCH MUDOFAASI (1221) — moʻgʻullar istilosi davrida shaharning qahramonona mudofaa qilinishi. Chingizxon xorazmshoxdar saltanati poytaxti Urganch (Gurganj)ni osongina, ortiqcha kuch ishlatmay olish ilinjida Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon xotun huzuriga hojib Donishmandni elchi qilib yuboradi va shaharni jangsiz topshirsa unga Xorazm, Xuroson va Jayhunning narigi tarafi va ularga tutash joylarni berishga vaʼda qiladi. Ammo Turkon xotun … Читать далее

HOSHIMIYLAR

HOSHIMIYLAR, banu hoshim — 1) Muhammad (sav) bobokalonlari Hoshim ibn Abdumannof avlodlari; Rasululloh (sav) mansub boʻlgan urugʻxonadon. H. Muhammad (sav) hayotlari-da, ul zot vafotidan soʻng esa arab-musulmon tarixida muhim rol oʻynagan; 2) Hoshimiylar bir qancha musulmon hukm-dorlari sulolasini shakllantirganlar. Chunonchi, 10-a. dan 1924-y. gacha Makka shariflari, uning hokimlari. Bu sulola vakillari (alHavoshim-Hoshimiylar) 20-a. boshida Hijozda … Читать далее

FALSAFA

FALSAFA, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Mil. 2—3-a. larda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini «filosof» deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa «filosof» deb atalgan. Keyinchalik «filosof» soʻzi … Читать далее

MIZROB MASXARA

MIZROB MASXARA (1848-1918, Shahrisabz tumani Vordon qishlogʻi) — oʻzbek anʼanaviy teatrining atoqli namoyandasi. Boboyor masxarabozga ergashgan. 1878-y. da oʻz toʻdasini tuzgan. Toʻdada Muhammad Diyor, Muhammad Nazar, Buta daroz, Turdiali masxarabozlar, Mavloncha, Muhammadali degan raqqoslar, Avazmurod (doirachi), Ergash surnaychi, Roʻzi karnaychi kabi mashshoqlar uyushgan. Mizrob masxara usta badihagoʻy boʻlib, koʻplab ogʻzaki komediyalar, muqallidlar yaratgan. «Xirmon koʻtarish» … Читать далее

XOLIQOV

XOLIQOV Nizomiddin (1939.1.9, Andijon) — grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (2001). Lvov poligrafiya intini tugatgan (1967). 1967-y. dan Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda rassom — badiiy muharrir (1967 — 78; 1969—71 ylarda bosh rassom), 1978-y. dan Andijon «Rassom» ijodiy ktida rassom (1981—83 ylar rahbar). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida pedagog (1972—73). X. linogravyura, ksilografiya, litografiya, … Читать далее

XOJA MUHAMMAD PORSO

XOJA MUHAMMAD PORSO (toʻliq ismi Muhammad ibn Mahmud Hofiz alBuxoriy) (1345, Buxoro — 1419, Madina) — naqshbandiya tariqati namoyandasi. Buxorodagi madrasalarda tahsil olgan. Qurʼon va hadislarni, kalom ilmini chuqur oʻrgangan. Bahouddin Naqshband uni shogirdlikka qabul qilgan va «porso» (taqvodor, dindor) taxallusini bergan. Naqshband vafotidan soʻng, uning oʻrniga tariqatga rahbarlik qilgan. Xoja Muhammad Porso oʻsha davrdagi … Читать далее

MAHMUD SULTON

MAHMUD SULTON, Mahmud Bahodir sulton ibn shoh Budogʻ sulton ibn Abul-xayrxon (1454—1504) — shayboniy sultonlardan, Muhammad Shayboniyxonning ukasi. 3 yoshida qalmoqlar xoni Oʻztemurtoyshi qoʻliga tushib, 7 yil tutqunlikda boʻlgan. Akasining barcha yurishlarida faol ishtirok etgan. 15-a. oxirida Dashti Qipchoqdagi qozoq xonlari (Burunduqxon, Qosimxon) b-n kurashgan. Shayboniyxonning Movarounnahrga qilgan yurishida qatnashgan (1500—04). 1501-y. Qorakoʻlda shayboniylarga qarshi … Читать далее