MAHMUD SULTON

MAHMUD SULTON, Mahmud Bahodir sulton ibn shoh Budogʻ sulton ibn Abul-xayrxon (1454—1504) — shayboniy sultonlardan, Muhammad Shayboniyxonning ukasi. 3 yoshida qalmoqlar xoni Oʻztemurtoyshi qoʻliga tushib, 7 yil tutqunlikda boʻlgan. Akasining barcha yurishlarida faol ishtirok etgan. 15-a. oxirida Dashti Qipchoqdagi qozoq xonlari (Burunduqxon, Qosimxon) b-n kurashgan. Shayboniyxonning Movarounnahrga qilgan yurishida qatnashgan (1500—04). 1501-y. Qorakoʻlda shayboniylarga qarshi koʻtarilgan xalq koʻzgʻolonini shafqatsizlik bilan bostirgan. 1502-y. yanv.-fev. da Jonibek sulton bilan Oʻratepa, Xoʻjand atrofidagi qishloqlarga va Chirchiq boʻyidagi tumanlarga bosqinchilik yurishi qilgan. 1503-y. shayboniylarning Xorazmga qilgan yurishiga rahbarlik qilgan. Shayboniylar Toxariston, Qunduz, Bagʻlon va Badaxshonni Xusravshohdan tortib olishgach, bu yerlar Mahmud sultonga berilgan (1504). Biroq Mahmud sulton s koʻp hokimlik qilmagan, bir oz vaqtdan keyin Qunduzda vafot etgan. Mahmud sulton Samarqandda dafn etilgan. Mahmud sulton saroyida koʻplab mashhur shoirlar, tarixchilar ijod qilishgan. Chunonchi, «Fathnoma» asari muallifi Mulla Shodi, «Shayboniynoma» muallifi Muhammad Solih, «Tarixiy Rashidiy» muallifi Muhammad Haydar va b. maʼlum muddat uning huzurida fa-oliyat koʻrsatishgan.

Ad.: Mirza Muxammad Xaydar, Tarix-i Rashidi. T., 1996; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Materialы po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vv., Alma-Ata, 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x