XOLIQOV

XOLIQOV Nizomiddin (1939.1.9, Andijon) — grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (2001). Lvov poligrafiya intini tugatgan (1967). 1967-y. dan Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda rassom — badiiy muharrir (1967 — 78; 1969—71 ylarda bosh rassom), 1978-y. dan Andijon «Rassom» ijodiy ktida rassom (1981—83 ylar rahbar). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intida pedagog (1972—73). X. linogravyura, ksilografiya, litografiya, ofort, monotipiyada ijod kiladi, asarlarida tasviriy shakl va badiiy mazmun uygʻunligiga erishadi. Xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan «Gulpari», «Oyjamol», «Gulshanbogʻ» kabi dostonlar, oʻzbek mumtoz adabiyoti («Saddi Iskandariy», Alisher Navoiy; «Saylanma», Muqimiy va b.) hamda oʻzbek adabiyoti («Nurli choʻqqilar», A. Qahhor; «Chinor», Asqad Muxtor va b.)dan chop etilgan kitoblarni badiiy bezadi.

Keyingi yillarda moyboʻyoq rangtasvirida samarali ijod qilmoqda («Bahor», «Nuroniylar», «Hunarmandchilik», «Yoshlik», «Alpomish», «Ummon», «Harorat» va b.); portretlarida inson ruhiyati teran ifodalangan («Mirtemir», «Muhammad Ali», «Brigadir», «Ona» va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x