XOREZMSKAYA PRAVDA

«XOREZMSKAYA PRAVDA» («Xorazm haqiqati») — rus tilida chiqadigan ijtimoiysiyosiy gazeta. Urganch sh. da haftada 2-marta chop etiladi. Muassisi: Xorazm viloyati hokimligi. Dastlab, 1921-y. 6-iyuldan Xivada «Izvestiya Polnomochnogo predstavitelstva RSFSR v Xorezmskoy Sovetskoy Respublike» (Xorazm Sovet Respublikasidagi RSFSR muxtor vakilligining madaniymaʼrifiy komissiyasi organi sifatida), keyin «Posledniye vesti» («Soʻnggi xabarlar») nomi bilan rus tilida haftada 3-marta chiqa … Читать далее

OʻGʻIZ JIROV

OʻGʻIZ JIROV — Xoʻjambergan Niyoz oʻgʻli (1884, Qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani Qayshili qishlogʻi — 1954) — qoraqalpoq xalq baxshisi, jirovi, «Alpomish» dostonining mohir kuychisi. Undan yozib olingan «Alpomish» dostoni Moskva (1937) va Toʻrtkoʻlda (1941) nashr qilingan. Oʻgʻiz jirov dostonchilikni Bekimbet jirovdan oʻrgangan. Ocharchilik yillarida (1916) Xorazmning Qizilchali qishlogʻiga koʻchib kelgan. Qipchoq, Mangʻit, Gurlan, Urganch shahrilarida yurib, … Читать далее

XORAZM VILOYATI

XORAZM VILOYATI — Oʻzbekiston Respublikam tarkibidagi viloyat. 1925-y. fev. dan 1938-y. yanv. gacha Xorazm okrugi. 1938-y. 15 yanv. da tashkil etilgan. Respublikaning shim. gʻarbida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida. Shim. va shim. sharqdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, jan. va jan. gʻarbdan Turkmaniston, jan. sharqdan Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 6,1 ming km2. Aholisi 1412,7 ming kishi (2004). … Читать далее

XIVA QOʻZGʻOLONI

XIVA QOʻZGʻOLONI — Xiva xoni Asfandiyorxon va uning amaldorlari zulmi hamda podsho Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1916). Xiva qoʻzgʻolonining 1bosqichi (1916-y. 14—30 yanv.)da Xoʻjaeli hokimi (begi) Avazbiy Xoʻja (Asfandiyorxonning jiyani) boshchiligidagi isyonchilar (600 kishi) Xivaga yoʻl olishadi. Ularga yoʻl-yoʻlakay xonlikning boshqa shahar va qishloqlaridan bosh koʻtargan qoʻzgʻolonchilar ham qoʻshilgach, qoʻzgʻolonchilar soni 3 ming … Читать далее

XORAZM ARXEOLOGIYA-ETNOGRAFIYA EKSPEDITSIYASI

XORAZM ARXEOLOGIYA-ETNOGRAFIYA EKSPEDITSIYASI — Xorazm vohasi arxeologik madaniyati va tarixini (paleolit davridan mil. 18—19 a. largacha) tekshirish maqsadida uyushtirilgan ekspeditsiya (1937). Xorazmni arxeologik va etnografik jihatdan oʻrganish 1928—29 y. larda boshlangan. A. Yu. Yakubovskiy boshchiligidagi ekspeditsiya xorazmshoxdar poytaxti — Urganch (hoz. Koʻhna Urganch) dagi meʼmoriy yodgorliklarni va ilk oʻrta asr shahri Mizdaxqon (Xoʻjayli yaqinidagi Gavr … Читать далее

SHOVODXOʻJA BOBO MAQBARASI

SHOVODXOʻJA BOBO MAQBARASI — Xorazm viloyati Urganch tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (17 — 18-asrlar). Maqbara toʻrtburchak tarhli (8,4×7,33 m), peshtoqgumbazli, bir xona (goʻrxona, tarhi 5,22×5,20 m) dan iborat; bezaksiz. Goʻrxona va peshtoq binoning yaxlit shaklini hosil qilgan. Peshtoq yuqori tomon ingichkalashib borib, gʻishtin sharafalar bilan yakunlangan, yuzasining ikki yonlari yassi tokchalarga boʻlingan. 2 pogʻonali asosga oʻrnatilgan … Читать далее

KUTUBXONA

KUTUBXONA — bosma va ayrim qoʻlyozma asarlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa; muntazam ravishda bosma asarlar toʻplash, saqlash, targʻib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari b-n shugʻullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik koʻrsatadi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish Kutubxonaning asosiy faoliyati boʻlib, qolgan barcha faoliyatlar (kitob fondini butlash va uni tashkil etish, fond mazmunini … Читать далее

RAHIMOV Qadamboy Yoqubovich

RAHIMOV Qadamboy Yoqubovich (1948.1.6, Urganch tumani Qorovul qishlogʻi) — dirijyor, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika in-tini tugatgan (1971). Urganch ped. bilim yurtida oʻqituvchi (1971—79), Komiljon Otaniyozov nomidagi viloyat filarmoniyasida direktor va badiiy rahbar (1979—86), Ogahiy nomidagi viloyat musiqali teatrida bosh dirijyor (1986-y. dan). «Olma pishganda keling» (E. Samandar), «Jobbi … Читать далее

SUT SANOATI

SUT SANOATI — sutdan turli sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan oziqovqat sanoati tarmogʻi. Sut sanoati tarkibiga sariyogʻ, sut, qatiq, qaymoq, smetana, quruq sut, sut konservalari, pishloq (sir), tvorog, brinza, muzqaymoq, kazein va b. mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Oʻzbekistonda 20-a. ning 20y. lari oxirlariga qadar sutdan xonaki usullarda qaymoq, qatiq, ayron, suzma, qagʻanoq, pishloq, qurt kabi … Читать далее

URGANCHYOGʻ AKSIYADORLIK JAMIYATI

«URGANCHYOGʻ» AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. «Yogʻmoytamakisanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Rafinatsiyalangan paxta va b. oʻsimlik yogʻlari, xoʻjalik sovuni, alif, kunjara, shrot va b. maqsulotlar ishlab chiqaradi. Korxona dastlab 1889-y. dek. da Yangi Urganch sh. da paxta—yogʻ z-di tarzida ishga tushirilgan. 1910-y. da germaniyalik ishbilarmonlar tomonidan sotib olingan va i. ch. binolari yangidan qurilib, … Читать далее