OʻGʻIZ JIROV

OʻGʻIZ JIROV — Xoʻjambergan Niyoz oʻgʻli (1884, Qoraqalpogʻiston, Chimboy tumani Qayshili qishlogʻi — 1954) — qoraqalpoq xalq baxshisi, jirovi, «Alpomish» dostonining mohir kuychisi. Undan yozib olingan «Alpomish» dostoni Moskva (1937) va Toʻrtkoʻlda (1941) nashr qilingan. Oʻgʻiz jirov dostonchilikni Bekimbet jirovdan oʻrgangan. Ocharchilik yillarida (1916) Xorazmning Qizilchali qishlogʻiga koʻchib kelgan. Qipchoq, Mangʻit, Gurlan, Urganch shahrilarida yurib, koʻp yillar dostonchilikqilgan. 1930 yil Chimboyga qaytgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x