URGANCHYOGʻ AKSIYADORLIK JAMIYATI

«URGANCHYOGʻ» AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. «Yogʻmoytamakisanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Rafinatsiyalangan paxta va b. oʻsimlik yogʻlari, xoʻjalik sovuni, alif, kunjara, shrot va b. maqsulotlar ishlab chiqaradi.

Korxona dastlab 1889-y. dek. da Yangi Urganch sh. da paxta—yogʻ z-di tarzida ishga tushirilgan. 1910-y. da germaniyalik ishbilarmonlar tomonidan sotib olingan va i. ch. binolari yangidan qurilib, xorijiy dastgohlar urnatilgan. 1969-y. da Urganch sh. ning sanoatchilar hududida sutkalik quvvati 720 tonna chigitni qayta ishlaydigan, oʻsimliklarning yogʻli urugʻlarini qayta ishlashning toʻliq tizimi (ekstraksiya, forpress, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash, qadoqlash sexlari)ga ega boʻlgan yangi «Urganch yogʻ ekstraksiya zavodi» qurilishi boshlandi va korxona 1977-y. da ishga tushirildi. 1983-y. da uning quvvati bir sutkada 800 t chigitni qayta ishlashga yetkazildi. 1981-y. dan xoʻjalik sovuni i. ch. sexi ishga tushirildi. 1985-y. da quritish uskunasining 2tizimi qurildi va xujalik sovuni ishlab chikaradigan kuvvatlari yiliga 14,0 ming t ga yetkaziddi. 1996-y. da Rossiyadan keltirilgan xom yog kislotalarini rektifikatsiyalash texnologiya tizimi oʻrnatildi. 2002-y. dan paxta va soya yogʻi asosida kurilishda ishlatiladigan alif ishlab chikariladi. 1994-y. dan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, 2003-y. dan Shveysariyaning «Plod oyl LTD» kompaniyasining investitsiyasi ishtirokidagi ochiq aksiyadorlik jamiyati.

Korxonada 56 ming t chigit, 11,3 ming t soya doni qayta ishlanib 8600 t rafinatsiyalangan paxta yogʻi, 1777 t soya yogʻi ishlab chiqarildi, 6410 t xoʻjalik sovuni, 132 t alif mahsuloti tayyorlandi. Chet ellarga paxta shrotini eksport qiladi (2003) (ya na q. Yogʻmoy sanoati).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x