KUTUBXONA

KUTUBXONAbosma va ayrim qoʻlyozma asarlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa; muntazam ravishda bosma asarlar toʻplash, saqlash, targʻib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari b-n shugʻullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik koʻrsatadi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish Kutubxonaning asosiy faoliyati boʻlib, qolgan barcha faoliyatlar (kitob fondini butlash va uni tashkil etish, fond mazmunini yoritish, uni kitobxonlarga yetkazish qabilar) asosiy faoliyat uchun xizmat kiladi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning asosiy maqsadi ularni axborot va adabiyotga boʻlgan talablarini imkon boricha toʻliq qondirish va adabiyot tanlashlariga yordam berishdan iborat. Har bir Kutubxona oʻz turiga koʻra kitobxonlarni tabaqalarga boʻlib, alohida kitobxonlar guruhlariga ajratgan holda xizmat koʻrsatishni tashkil qiladi. Adabiyotlar targʻibotining barcha shakl va usullari kitobxonlar talabini imkon qadar toʻliq va tezkorlik b-n qondirishga qaratiladi.

Yozuvning paydo boʻlishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qoʻlyozma va keyinchalik bosma kitoblarning koʻpayishi Kutubxona larning yuzaga kelishi va rivojlanishiga sharoit yaratdi. Kutubxonalar yozma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimda paydo boʻlgan. Mil. av. 2-ming y. likda sopol bitiklari saqlangan Kutubxonalar boʻlgan. Mil. av. 7-a. oʻrtalarida Sharqdagi koʻp saroylarda, Qad. Misr va Rim ibodatxonalari qoshida Kutubxonalar boʻlgan. Qad. davrdagi Kutubxona lardan eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kushubxonasidir.

Gʻarb. Yevropada ilk oʻrta asrlarda movastr va ibodatxonalar qoshida Kutubxonalar tashkil etilgan. Kitob bosishning ixtiro qilinishi Kutubxonalar rivojlanishida yangi davrni boshlab berdi. Sarbonva, Geydelberg un-tlari qoshida, shuningdek, Vatikan K., Parijdagi Kirollik Kutubxona kabi Kutubxonalar paydo boʻla boshladi.

Oʻzbekiston hududida mil. av. 1-ming yillikning soʻnggi asrlarida dastlabki Kutubxonalar paydo boʻlgan. Dastlabki Kutubxonalar hukmdorlar saroylarida va ibodatxonalarda tashkil etila boshlangan. Turon xalqlari Misr, Eron, Yunon va ularga qoʻshni boʻlgan xalqlar bilan yaqin aloqalar oʻrnatgan, oʻsha davrlardagi mavjud qoʻlyozmalar bilan ham tanish boʻlgan. Oʻzbekiston xalqlarining qad. yozma yodgorliklari saqlanmagan. Beruniyning xabar berishicha, kitob xazinalari va ularni saqlovchilar turli istilolar davri (7—9-a. lar)da yoʻq qilib yuborilgan. 9—10-a. larda Oʻrta Osiyoda fan va madaniyat rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Urganch va b. yirik shaharlar hukmdorlari saroylarida Kutubxonalar barpo etildi. Ayniqsa, Buxoroda koʻp Kutubxonalar mavjud boʻlganli-gi haqida maʼlumotlar bor. Ulardan eng mashhuri, eng boy va yirigi Somoniylar sulolaviy Kutubxonasi edi. Madrasa va masjidlar qoshida ham Kutubxonalar boʻlgan. Moʻgʻullar istilosi arafasida Marv sh. da 10 ta yirik Kutubxona boʻlganligi haqida maʼlumotlar bor. 13-a. da Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Balx va b. shaharlar madaniyat markazlari, olimlar toʻplanadigan joy boʻlib, ularda yirik Kutubxonalar mavjud edi.

14-a. ning 2-yarmidan Oʻrta Osiyoda madaniy hayotning yangidan yuksalishi Kutubxona larning qayta tiklanishida ham namoyon boʻddi. 14-a. oxirida Shayx Muhammad Porso umum uchun ochgan maskan vaqf K. si tarzida 19-a. 40-y. larigacha faoliyat koʻrsatgan. Buxoro, Samarqand, Qarshi, Xiva va b. shaharlardagi katta madrasalarda Kutubxonalar boʻlgan, ularning fondlari madrasaning qad. va nufoʻziga qarab turlicha boʻlgan. Baʼzi tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Beruniy, Ibn Sino, Firdavsiy, Zamaxshariy, Umar Xayyom qabilarning shaxsiy Kutubxonalari, Alisher Navoiyning qimmatbaho qoʻlyozmalarga boy yirik Kutubxonasi, Abdurahmon Jomiyning shaxsiy Kutubxonasi mashhur boʻlgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Buxoroda 3 ta eng boy shaxsiy Kutubxona boʻlib, ulardan qozi Muhammad Sharif Sadr Ziyoning Kutubxonasi bizgacha toʻliq saqlanib qolgan. 20-a. boshlarida mahalliy oʻzbek va rus ziyolilari general Joʻrabek, Dukchi Eshon nomi bilan mashhur Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli, V. L. Vyatkin, vrach G. M. Semenov, Abdurauf Fitrat va b. ning shaxsiy Kutubxona lari boʻlgan.

20-a. 10—20-y. lari Turkiston hududida 2 ta xalq K. si, bir necha shahar K. lari va b. mavjud boʻlgan. Mahalliy aholi vakillari milliy yoʻnalishdagi 2 ta Kutubxona va madrasalar huzuridagi Kutubxona lardan foydalangan. Shu K. lar oʻz davrida davlat K. sini tashkil etishda asosiy negiz boʻlib xizmat qildi. Hozirda ommaviy, ilmiy va maxsus Kutubxonalar tizimi shakllangan va faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

OʻzRda Kutubxonaning ommaviy, ilmiy va maxsus turlari bor. Ommaviy Kutubxonalar adabiyotlarni saralash va keng kitobxonlar ommasiga yetkazish, faoliyatida turli kitobxonlar guruhlariga moʻljallangan kitoblarni targʻib qilish va oʻqishni boshqarishda faol va taʼsirchan usullarni qoʻllaydi. Bu guruhga Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi tizimidagi shahar va qishloq K. lari, kasaba uyushmalarining korxonalardagi Kutubxonalari, klublar, madaniyat uylaridagi Kutubxonalar kiradi.

Ilmiy va maxsus Kutubxonalar fan, iqtisodiyot va madaniyatning turli tarmoqlaridagi olimlar va mutaxassislarga xizmat koʻrsatadi, shuningdek, oliy va maxsus oʻquv yurtlari talabalarining ehtiyojlarini qondiradi. Ilmiy Kutubxona larga yirik davlat, akademiya, un-t va tarmoqlar Kutubxona lari; maxsus Kutubxona larga texnika K. lari, muassasalar, ilmiy tadqiqot in-tlari, oliy oʻquv yurtlari va h. k. dagi Kutubxonalar kiradi. Saqlanayotgan adabiyotlar tarkibiga qarab Kutubxonani universal, koʻp sohali va soha Kutubxona lariga ajratish mumkin. Kutubxonalar oʻz navbatida, faoliyati, mintakaviy darajasiga, mansubligiga qarab yana turlarga boʻlinadi (milliy Kutubxona, davlat Kutubxonasi, viloyat K. si, oʻsmirlar Kutubxonasi, qishloq xoʻjaligi K. si va b.). Fantexnika taraqqiyoti sharoitida alohida Kutubxona

kitobxonlarning talablarini qondirishga qodir emas. Shuning uchun Kutubxonalarni birgalikda faoliyat koʻrsatish jarayoni koʻzatilmoqda. Bu K. tarmoqlarini markazlashtirishda namoyon boʻlmoqda.

Har qanday Kutubxonaning asosiy vazifasi kitob fondini jamlash, joylashtirish hamda kitobxonlarga xizmat qilishdan iborat. Kitob fondini jamlash uchun ushbu Kutubxonaga kerakli nashrlar muntazam kuzatib boriladi, aniqlanadi va ularni Kutubxonaga olish kutubxona kol-lektori orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, yirik Kutubxonalar bosma nashrlarning toʻliq yoki qisman nazorat nusxasini olish xuquqiga ega, shuningdek, ular uchun mamlakat ichida va chet mamlakatlardan kitoblar sotib olish imkoni yaratiladi. Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish darajasi Kutubxona fondini toʻliq toʻplashga birmuncha bogʻliq.

Kitob fondini toʻgʻri tashkil qilish (hisobga olish, joylashtirish, saqlash va kitobxonga yetkazish) kitobxonga adabiyotdan foydalanishni, kutubxona-chiga esa kitobxonga tez xizmat koʻrsa-tishni, fondni ijtimoiy mulk sifa-tida saqlashni taʼminlaydi.

Kitobxonga xizmat koʻrsatishning turli yoʻllari mavjud: kitobxonga abonement, qiroatxona hamda koʻchma K. orqali kitob berish; ayrim kitobxon va korxonalarga kitob tanlashda yordam berish; kutubxona katalogi tizimi orqali kitob fondini yoritish; turli xil axborot-bibliografiya qoʻllanmalari tuzish va h. k.

Zavonaviy ilmiy texnika taraqqiyoti Kutubxonalar ishini murakkablashtirmoqda. Koʻgtlab bosma asarlarni i. ch. ning beqiyos darajada oʻsishi Kutubxonalar oldiga koʻp hajmdagi nashrlarni tanlash, saralash va oqilova saqlash, kompyuterdar vositasida izlab topish va tezda kitobxonga yetkazish masalalarini koʻndalang qoʻyadi.

Kutubxonalar faoliyati sharoitidagi oʻzgarishlar avvalgi sermehnat anʼanaviy Kutubxona texnikasini mexanizatsiyalash va av-tomatlashtirish bilan almashtirish vazifasini dolzarb qilib qoʻymokda. 50 — 60-y. lardan Kutubxonalarni texnika bilan taʼminlash birmuncha oʻsdi. Ayrim Kutubxona ichki jarayonlari (yirik Kutubxona larda koʻp kitoblarni harakatlantirish) konveyer va koʻtargichlar yordamida amalga oshiriladi, kitob fondlaridan birgalikda foydalanishda zavonaviy uslublarni qoʻllash, eng yangi texnika (jumladan, EHM)dan foydalanish va b. qoʻllanilmokda. Yangi Kutubxona anjomlari joylardan unumli foydalanishni, kutubxonachi mehnatining unumdorligini oshirishni taʼminlamoqda, kitobxonlarni adabiyotlar ustida ishlashini yengillashtirishga yordam bermoqda hamda i. ch. estetikasi talablariga toʻliq javob beradi.

Zavonaviy texnika kutubxonachini qoʻl mehnatidan ozod etib, uni asosiy vazifasi — kitobxonlar bilan madaniy tarbiyaviy ishlar olib borishga koʻproq vaqt ajratishga imkon yaratmokda. Dunyodagi eng yirik Kutubxona lar: AQSHning Kongress K. si (Vashington), Britaniya K. si (London); Fransiya, Avstriya, Shvetsiya, Yaponiya va b. mamlakatlarning milliy Kutubxonalari, Rossiyadagi Rossi davlat Kutubxonasi (Moskva), Rossiya milliy Kutubxonasi (Sankt-Peterburg) va b., Oʻzbekistonda Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Oʻzbekiston FAning Asosiy kutubxonasi, Oʻzbekiston milliy un-tining Asosiy kutubxonasi, «Turon» kutubxonasi va b.

Ad.: Oʻzbekistonda kutubxonachilik iщi, T., 1989; Qosimova O., Oʻzbekistonda kutubxonachilik ishi tarixi, T., 1992; Oxunjo-nov E. O., Turkistonda Oʻrta asr kutubxonachilik va bibliografiya ishlari mada-niyati, T., 1994.

Mirali Maxmudov.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x