PITNAK

PITNAK — Xorazm viloyati Hazorasp tumani hududidagi shahar (1974-y. dan). Amudaryoning chap sohilida joylashgan. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi (Urganch sh.) gacha 90 km, tuman markazi (Hazo-rasp sh.)gacha 34 km. Aholisi 40,2 ming kishi (Pitnak qishlogʻi va Tuproqqalʼa hududi aholisi bilan birga; 2001), asosan, oʻzbeklar (95%), shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar va b. millat vakillari … Читать далее

XORAZMSHOHLAR DAVLATI

XORAZMSHOHLAR DAVLATI — qadimgi davrdan 13-a. oʻrtalariga qadar Xorazm hududida hukmronlik qilgan sulolalar (siyovushiylar, afrigʻiylar, maʼmuniylar, oltintoshlar, anushteginiylar). X. d. ni xorazmshohlar boshqargan. Markazi, asosan, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan boʻlsa ham, rivojlangan davrlarida, ayniqsa, 13-a. boshlarida shim. da Kaspiy dengizining shim. sohillari, jan. da Hindukush togʻlari, sharqda Qashqargacha yetgan. Arxeologik maʼlumotlar Koʻzaliqir, Kuyqirilgan qalʼa, Tuproщalʼa, … Читать далее

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI — Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish va oldini olish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qoʻshilmalar va qismlar. OʻzRda Mudofaa vazirligi tizimidagi qism va boʻlinmalar, Ichki ishlar vazirligining ichki va qorovul qoʻshinlari, Favqulodda vaziyatlar … Читать далее

SAROYCHIQ

SAROYCHIQ — Oltin Oʻrda shaharlaridan biri. Guryev sh. dan 60 km masofada, Ural daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan (13-a. ning 2-yarmi). Shaharning nomi qoʻlyozma manbalar hamda 14-a. da shu yerda zarb qilingan tangalar orqali yaxshi maʼlum. Saroychiq 1395-y. Amir Temur va Toʻxtamish oʻrtasida boʻlib oʻtgan urushdan zarar koʻrgan. Shahar aholisi Volga daryosi boʻyidagi koʻpgina shaharlar bilan … Читать далее

URGANCH

URGANCH (1929-y. gacha Yangi Urganch) — Xorazm viloyatiiati shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shim. va janubiy qismlarga ajratgan. Shim. qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, jan. qismida esa i. ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala … Читать далее

URGANCH UNIVERSITETI

URGANCH UNIVERSITETI, Al Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti — Oʻzbekistonda ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1935-y. iyulda Urganch sh. da toʻliqsiz oliy maʼlumotli oʻqituvchilar tayyorlash inti sifatida tashkil etilgan. Dastlab 2 (fizikamat., oʻzbek tili va adabiyoti) ft boʻlib, ularda 64 talaba taʼlim olgan, 10 dan ortiq oʻqituvchi faoliyat koʻrsatgan. 1942-y. oʻqituvchilar tayyorlash … Читать далее

URGANCH TUMANI

URGANCH TUMANI — Xorazm viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1962-y. 24 dek. da Shovot tumaniga qoʻshilgan, 1964-y. 31 dek. da qayta tashkil etilgan. Sharkdan Xonqa, gʻarbdan Qoʻshkoʻpir, Shovot va Yangibozor tumanlari, shim. dan Gurlan tumani va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, jan. dan Xiva, Yantiariq tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,46 ming km2. Aholisi 141,1 ming … Читать далее

URGANCH MUDOFAASI

URGANCH MUDOFAASI (1221) — moʻgʻullar istilosi davrida shaharning qahramonona mudofaa qilinishi. Chingizxon xorazmshoxdar saltanati poytaxti Urganch (Gurganj)ni osongina, ortiqcha kuch ishlatmay olish ilinjida Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon xotun huzuriga hojib Donishmandni elchi qilib yuboradi va shaharni jangsiz topshirsa unga Xorazm, Xuroson va Jayhunning narigi tarafi va ularga tutash joylarni berishga vaʼda qiladi. Ammo Turkon xotun … Читать далее

XUDOYBERGANOV

XUDOYBERGANOV Matpano (taxallusi Suxanvar; 1888, Xiva — 1960, Urganch) — xonanda (lirik tenor), sozanda (tanbur, dutor), maqomchi, shoir. Sozandalikni, xalq musiqasi va Xorazm maqomlarini otasi Xudoybergan muhrkan va Matyoqub Xarrashovsap oʻrgangan. Sozchilar uyushmasi ansambli (192532), Urganch teatra (193234), Milliy estrada (1934—40)da sozanda va xonanda, maqomchilar ansambli rahbari (1942—47). Xorazm maqomlari va suvora yoʻllarining mohir ijrochisi … Читать далее

XOXLOV ELCHILIGI

XOXLOV ELCHILIGI — rus podshosi M. F. Romanov (1613—45) Buxoro xoni Imomqulixon huzuriga boyar Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida yuborgan diplomatik missiya (1620 —22). Imomqulixon tomonidan yuborilgan Odambiy rahbarligidagi elchilik (1619—20) ka javoban joʻnatilgan. I. D. Xoxlovga avvalo Buxoro xonini Rossiya bilan savdo va doʻstona aloqalar oʻrnatishga koʻndirish, Buxorodagi rus asirlarini ozod etish, Buxoro xonligining Turkiya, … Читать далее