SHOVODXOʻJA BOBO MAQBARASI

SHOVODXOʻJA BOBO MAQBARASIXorazm viloyati Urganch tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (17 — 18-asrlar). Maqbara toʻrtburchak tarhli (8,4×7,33 m), peshtoqgumbazli, bir xona (goʻrxona, tarhi 5,22×5,20 m) dan iborat; bezaksiz. Goʻrxona va peshtoq binoning yaxlit shaklini hosil qilgan. Peshtoq yuqori tomon ingichkalashib borib, gʻishtin sharafalar bilan yakunlangan, yuzasining ikki yonlari yassi tokchalarga boʻlingan. 2 pogʻonali asosga oʻrnatilgan mahobatli gumbaz peshtoq bilan mutanosib. Goʻrxona ichi oddiy, xona devorlari ravoqli bagʻallar bilan birikib, yarimgumbazlar hosil qilgan, ularga muqarnaslar ishlangan. Maqbaraning tashqi tomonidagi gʻisht choklari pardozlangan, yagona bezagi — yon tomonlaridagi derazalariga oʻrnatilgan ganch panjaralar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x