MINORKA

MINORKA — serpusht tovuq zoti. Is-paniyada (Minorka orolida) yetishtirilgan. Sovuqqa chidamsiz. Toji bargsimon, katta. Oyoqlari kulrangchipor. 5—5,5 oyligida tuxumga kiradi, yiliga 150—180 tuxum qiladi. Tuxumi 60–65 g. Koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda havaskor parrandachilar boqadi. Пост Навигацияси

PEDOGENEZ

PEDOGENEZ (yun. paidos — bola va …ge-nez) — partenogenez shakllaridan biri, bir qancha umurtqasiz hayvonlar lichin-kasida urugʻlanmagan tuxum hujayradan yangi naslning rivojlanishi. Pedogenezni rus zoologi N. P. Vagner (1862) yongʻoqyasarlar oilasiga mansub 2 qanotli hasharotlarda kashf etgan. Yongʻoqyasarlarning tuxumidan chikdan lichinka tanasi ichida pedogenetik lichinka rivojlanadi. Lichinka dastlab ona lichinka toʻqimalari bilan endoparazit oziklanadi; keyinroq … Читать далее

MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI

MAKKAJOʻXORI ZARARKUNANDALARI — makkajoʻxorini zararlaydigan hasharotlar. 70 ga yaqin turi bor. Asosiylari: koʻsak qurti, karadrina, kuzgi tunlam, simkurt, leukan tunlami, makkajoʻxori kapalagi, makkajoʻxori bita, makkajoʻxori sustkashi va b. Leukan tunlami (Leucania vitellina Hb.) — kapalaklar turkumining Leucania avlodiga mansub hasharot. Makkajoʻxorini 7—9 barg chiqargan fazasida bargi, guli, roʻvaklari va soʻtasini zararlaydi. Bu oʻsimlikka 4 ta … Читать далее

PROTEYLAR

PROTEYLAR (Proteidae) — dumli amfibiyalar oilasi. Uz. 16—40 sm. Gavdasi choʻziq, dumi uzun, eshkaksimon, suzgich burmalari bor. Oyoklari kuchsiz rivojlangan, oldingi oyoqlarida 3 tadan, keyingisida 2 tadan barmogʻi bor. Tashqi jabralari 3 juft. P. uchun neoteniya xos, metamorfoz xususiyatini yoʻqotgan. 2 urugʻi, 2 turi (boshqa maʼlumotlarda 5 turi) Gʻarbiy Yevropa, Shim. Amerikada tarqalgan. Yevropa P. … Читать далее

PINGVINLAR

PINGVINLAR (Sphenisciformes) – qushlarning bir turkumi. Suzuvchi, shoʻngʻuvchi, lekin ucha olmaydi. 16 turni birlashtiruvchi 6 urugʻi mavjud. Gavdasining uz. 30—120 sm, vazni 1—40 kg. Qorni va koʻkragi oq, orqasi toʻq koʻk yoki qora. Teri ostidagi qalin yogʻ qavati Pingvinlarni sovuqsan saklaydi. Koʻkrak muskullari yaxshi rivojlangan. Qanotlari tangachasimon patlar bilan qoplangan kurakoyoqqa aylangan. Suzganda va shoʻngʻiganda … Читать далее

PARTENOGENEZ

PARTENOGENEZ (yun. parthenos — bokiralik, qizlik va…genez) , bokira koʻpayish — jinsiy koʻpayish shakllaridan biri, tuxum xujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi. Partenogenezning ahamiyati har xil jinslarning oʻzaro uchrashuvi qiyin boʻlgan sharoitda jinsiy koʻpayishni amalga oshirilishidan va kulay sharoitda tur nayeli individlari sonini tez orttirishdan iborat. Bunday xrlat nayeli koʻplab qirilib ketadigan turlar uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. … Читать далее

KURKUVAQLAR

KURKUVAQLAR (Meropidae) – koʻkqargʻalar turkumiga mansub qushlarning bir oilasi. 25 turi maʼlum. Yevropaning janubi, Shim. Afrika va Osiyoda tarqalgan. 2 turi: koʻkqunok va koʻk-kurkuvak yoki boʻzdoq Oʻrta Osiyoda uchraydi. Kurkuvaqlar chiroyli: patlari yashil, sariq, havo rang; bir turining pati qizil boʻlganidan qizil kurkuvak deyiladi. Oʻzbekistondagi Kurkuvaqlar qishlash uchun Jan. Afrikaga uchib ketadi. Kurkuvaqlar daraxtsiz ochiq … Читать далее

KUNGABOQAR KAPALAGI

KUNGABOQAR KAPALAGI, kungaboqar kuyasi (Homoeosoma nebulella Hb.) — parvova kapalaqlar oilasiga mansub kapalak, kungaboqarumtg xavfli zararkuvandasi. Yevropa, Kichik va Janubi-Sharqiy Osiyo, Gʻarbiy Sibir, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda uchraydi. Qanotlari yoyilganda 20—27 mm, oldingi kanoti och kulrang, qanotining oʻrtasida 4 ta qora rang nuqtasi bor; keyingi qanoti oldingisinikiga qaraganda kengroq, oqish, qanotining tomirlari qoramtir. Qurtining oʻz. … Читать далее

KIVISIMONLAR

KIVISIMONLAR, qanotsizlar (Apterygiformes) — qushlar turkumi. Tojsuyaksiz qushlar (tuyaqushsimonlar katta oilasi)ga yaqin turadi. Qanoti rivojlanmagan, dumi yoʻq. Oyoqlari baquv-vat, toʻrt barmokli, tumshugʻi uzun; kattaligi tovukdek, ogʻirligi 1,4—4 kg. 3 turi bor. Yangi Zelandiyada tarqalgan. Qalin butazorlarda yashaydi, toʻngi monogam qush. Yiliga 2-marta urchiydi. Yerga yoki ildizlar ostiga uya quradi. 1-2 ta yirik tuxum qoʻyadi. Tuxumni … Читать далее

KATTA GʻOʻZA BITI

KATTA GʻOʻZA BITI (Acyrthosiphon gossypii Mordv.) — afidiidlar oilasiga mansub qanotli yoki qanotsiz hasharot. Tanasining uz. 3,5—4,0 mm. Qanotli va qanotsiz tirik tugʻadigan urgʻochilari och-yashil yoki sariq tusda boʻlib, koʻzlari qizil. Shira chiqazuvchi naychalari va dumi ingichka, tana uzunligining yarmicha keladi. Tuxum qoʻyuvchi urgʻochisi sariqqoʻngʻir tusli. Yil davomida bir necha partenogenetik (urugʻlanmasdan tugʻish) va bitta … Читать далее