KURKUVAQLAR

KURKUVAQLAR (Meropidae) – koʻkqargʻalar turkumiga mansub qushlarning bir oilasi. 25 turi maʼlum. Yevropaning janubi, Shim. Afrika va Osiyoda tarqalgan. 2 turi: koʻkqunok va koʻk-kurkuvak yoki boʻzdoq Oʻrta Osiyoda uchraydi. Kurkuvaqlar chiroyli: patlari yashil, sariq, havo rang; bir turining pati qizil boʻlganidan qizil kurkuvak deyiladi. Oʻzbekistondagi Kurkuvaqlar qishlash uchun Jan. Afrikaga uchib ketadi. Kurkuvaqlar daraxtsiz ochiq yerdarda, jarliklarda, daryo boʻylarida yashaydi. Urchish vaqtida katta gala boʻlib, baland tik jar va tepaliklar yen bagʻrini tumshugʻi bilan kovlab, uya yasaydi. May—iyunda 4 — 10 ta tuxum qoʻyadi. Hasharotlar, chigirtkalar, qoʻngʻizlar va b. bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x