PINGVINLAR

PINGVINLAR (Sphenisciformes) – qushlarning bir turkumi. Suzuvchi, shoʻngʻuvchi, lekin ucha olmaydi. 16 turni birlashtiruvchi 6 urugʻi mavjud. Gavdasining uz. 30—120 sm, vazni 1—40 kg. Qorni va koʻkragi oq, orqasi toʻq koʻk yoki qora. Teri ostidagi qalin yogʻ qavati Pingvinlarni sovuqsan saklaydi. Koʻkrak muskullari yaxshi rivojlangan. Qanotlari tangachasimon patlar bilan qoplangan kurakoyoqqa aylangan. Suzganda va shoʻngʻiganda ulardan eshkak sifatida foydalanadi. Muz va qor ustida sekin qadamlab yuradi. Pati mayin. Antarktida va Jan. yarim sharning oʻrta min-taqalarida Tapkalgan. Baliq, boshoyokli mol-lyuskalar, qis-qichbaqasimonlar bilan oziqla-nadi. Koloniya boʻlib uya kuradi. 1 — 2 ta tuxum qoʻyib, nari va modasi navbatlashib bosadi (adeli turi 35 kun), kirol Pingvinlari nari tuxumini (bitta) panjasida ushlab, qornidagi teri burma bilan oʻrab, isitadi (65 kun davomida). Goʻshti qat-tiq, mazasiz. Terisi ishlatiladi. Xalq-aro tabiatni muhofaza qilish ittifo-qining Qizil kitobiga 3 turi kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x