MAʼLUMOT

MAʼLUMOT (pedagogikada) — shaxsning oʻqish-oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi. Taʼlimtarbiya hamda mustaqil bilim olish jarayonida olinadi. Maʼlumot insoning ongli faoliyati jarayonida oʻzlashtirib boriladi. Ushbu jarayon bolaning fikrlash qobiliyati shakllanishidan boshlab dastlab oilada, soʻngra uzluksiz taʼlim tizimining turli bosqichlarida taʼlimtarbiya olish davomida amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimining har bir bosqichida tegishli taʼlim … Читать далее

MARTEN CHOʻYANI

MARTEN CHOʻYANI — marten penila qayta eritilib marten poʻlati olinadigan choʻyan. Tarkibida temir va ugleroddan tashqari kremniy (Si) — marganes (Mp) – fosfor (R) — 0,02 —2,0% va oltingugurt (S) — 0,01 —0,06% boʻladi. Xillari: fosforli, yuqori sifatli va koks M. ch. ; kislota xarakterli marten jarayoni uchun asos xarakterli marten jarayoni uchun 0,2 — … Читать далее

MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM MUASSASALARI

MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM MUASSASALARI — bolalar va oʻsmirlar bilan maktabdan tashqari ish olib boruvchi ijtimoiytashkiliy va instruktiv-metolik muassasalar. Maktab bilan yaqindan boglanib ish yuritadi. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalariga bolalar, oʻsmirlar ijoliyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sanʼat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, soglomlashtirish muassasalari va b. muassasalar kiradi. Ular yil boʻyi ishlayli. … Читать далее

MOʻGʻULLAR ISTILOSI

MOʻGʻULLAR ISTILOSI — Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (13-a.). Moʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib, koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi — koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosq-inchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin birlashgan qoʻmondonlikka … Читать далее

MUHAMMAD JAHONGIR MIRZO

MUHAMMAD JAHONGIR MIRZO, Jahongir Mirzo (1356-y. yozi — 1376-y. oʻrtalari) — Amir Temurinnt toʻngʻich oʻgʻli. 1355-y. Sohibqiron amir Qazagʻonning nabirasi, Husayn ibn Musallabnint singlisi Oʻljoy Turkon ogʻoga uylanadi. 1356-y. yozida ularning nikohidan Muhammad Jahongir Mirzo tugʻiladi. Oʻljoy Turkon ogʻo 1366-y. oxirida vafot etadi. Sohibqironning bu xotinidan Muhammad Jahongir Mirzodan tashqari qizi Sultonbaxt begim ham bor … Читать далее

MUHAQQAQ

MUHAQQAQ (arab.) — xattotlik uslubi, arab yozuvidagi mumtoz olti xat uslubidan biri. Kufiy xati asosida Ibn Muqlaʼ ixtiro qilgan deyiladi. Harflarning 1—2qismlari doirasimon, 4—5qismlari toʻgʻri chiziqlardan iborat. Muhaqqaqda «alif», «lom», «dol» va «kaf» harflari asosan yuqoriga qarab haddan tashqari choʻziq qilib yoziladi. Qad. maʼqaliy yozuviga oʻxshab ketadi. 7—17-a. larda keng qoʻllangan. Oʻrta asr xattotlari Muhaqqaqni … Читать далее

MAGNITUDA

MAGNITUDA (lot. magnitudo — miqdor, oʻlcham) , Zilzila magnitudasi — zilzila yoki portlashdan vujudga keladigan taranglik tebranishi umumiy energiyasini tavsiflovchi shartli oʻlcham; fanga 1940-y. larning boshlarida amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va B. Gutenberglar tomonidan kiritilgan. Tebranish energiyasi logarifmiga toʻgʻri proporsional. Odatda, seysmograflar qayd qilgan tebranish davrining amplituda maksimumiga nisbatan aniqlanadi. Magnituda tebranish manbaining energiyasi boʻyicha … Читать далее

MUSIQASHUNOSLIK

MUSIQASHUNOSLIK — sanʼatshu-noslik sohasi, musiqa haqidagi fan. Musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqiy folkloristika (etnomusiqashu-noslik), musiqiy tanqid va musiqiy jurnalistika kabi asosiy qamda boshqa fanlarga aloqador (musiqiy akustika, musiqiy psixologiya, musiqiy paleografiya, musiqiy estetika, musiqiy sotsiologiya, musiqiy sharqshunoslik, musiqiy bibliografiya va notografiya va b.) sohalarni oʻz ichiga oladi. Nazariy Musiqashunoslik, umuman musiqa sanʼati yoki muayyan davr, … Читать далее

PLENER

PLENER (frans. plein air — ochiq havo) — rangtasviraa quyosh nuri va atmosfera bilan bogʻliq havodagi oʻzgarishlarni qanday boʻlsa, shundayligicha tasvirlash. Naturanish rang boyligi va tovlanishini tabiiy yorugʻlik va atrof muhit taʼsirida koʻrsatish Plener rangtasvirining asosini tashkil etadi. Rassomlarning bevosita ochiq havo (ustaxonalardan tashqari)da ishlashi natijasida yuzaga kelgan. Plenerning dastlabki belgilarini Uygʻonish davri italyan va … Читать далее

MUSHUKSIMONLAR

MUSHUKSIMONLAR (Felidae) – yirtqich sut emizuvchilar turkumi oilasi. Kattaligi har xil. Boshi yumaloq, dumi odatda uzun. Oyoqlari nisbatan uzun, barmoklarida yuradi. Oldingi oyoklari 5 barmokli (1barmogʻi boshqalaridan balandroqda joylashgan), orqa oyoklari 4 barmokli. Tirnoklari yurganida oyogʻi ichiga tortiladi (ge-pardlarda tortilmaydi). Yirtqich, tunda faol hayot kechiradi, yirtqich tishlari yaxshi rivojlangan, oziq tishlari oʻtkir qirrali. Juni odatda … Читать далее