MUHAMMAD JAHONGIR MIRZO

MUHAMMAD JAHONGIR MIRZO, Jahongir Mirzo (1356-y. yozi — 1376-y. oʻrtalari) — Amir Temurinnt toʻngʻich oʻgʻli. 1355-y. Sohibqiron amir Qazagʻonning nabirasi, Husayn ibn Musallabnint singlisi Oʻljoy Turkon ogʻoga uylanadi. 1356-y. yozida ularning nikohidan Muhammad Jahongir Mirzo tugʻiladi. Oʻljoy Turkon ogʻo 1366-y. oxirida vafot etadi. Sohibqironning bu xotinidan Muhammad Jahongir Mirzodan tashqari qizi Sultonbaxt begim ham bor edi. Movarounnahrni birlashtirish uchun boʻlgan kurashlarda Jahongir otasiga faol yordam bergan. 1374-y. iyunida Xorazm hokimi Yusuf Soʻfiyning ukasi Oq Soʻfiyning qizi Sevin bekaga uylangan. Oq Soʻfiy Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonnkng qizi Shakarbekaga uylangan edi. Shuning uchun bularning qizi Sevin beka koʻproq Xonzoda nomi bilan maʼlum edi. Amir Temur Moʻgʻulistonta. yurishi chogʻida suyukli oʻgʻli Jahongir ogʻir betob boʻlganidan xabar topib darhol orqaga qaytgan. Muhammad Jahongir Mirzo 1376-y. oʻrtalarida 20 yoshida vafot etadi. Uni Shahrisabz (Dor-ussiyodat)ga dafn etadilar. Undan ikki farzand: Xonzodadan tugʻilgan 11 oylik Muhammad Sulton va otasining oʻlimidan qirq kun keyin Ilyos Yasovuriyning qizi Baxt Mulk ogʻodan tugʻilgan Pirmuhammad qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x