PROTORENESSANS

PROTORENESSANS (yun. protos – bi-rinchi, frans. Renaissance — uygʻonish) — Uygʻonish davri sanʼatiga zamin yaratgan Italiya madaniyatining ilk bosqichi (13—14-a. boshlari). «Protorenessans» atamasi shveysariyalik tarixchi Ya. Burkxard tomonidan ilk bor qoʻllanilgan. Protorenessans erkin shaharlarning jadal rivojlanib kengayishi, ishlab chikaruvchi kuchlar va savdosotiqning oʻsishi bilan bogʻliq. Sanoat va madaniyat gurkirab taraqqiy eta boshladi, dunyoviy fanlarga qiziqish … Читать далее

MESSO-SOPRANO

MESSO-SOPRANO (ital. — mezzo — oʻrta va soprano) — ayollarning soprano va kontralto orasidagi ovozi. Diapazoni kichik oktava «lya», «si» tovushidan ikkinchi oktava «si»gacha (a-h — h2). M.-s. ovozlari oʻrta registrdagi tovushlarning toʻlaqonliligi, yuqori pardalarining oʻtkirligi, pastki, «koʻkrak» registr mavjudligi bilan soprano ovozdan ajralib turadi. M.-s. ovozi uchun yozilgan mashhur opera partiyalari: Amneris (J. Verdi, … Читать далее

MERKANTILIZM

MERKANTILIZM (frans. mercantilisme, ital. mercante — savdogar) — 1) iqtisodiy tafakkur tarixida mu-him yoʻnalishlardan biri, hukmron hokimiyat va savdogarlar mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan; 2) kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida davlatning xoʻjalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat. M. ning vujudga kelishi va rivojlanishi Buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tizimining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Merkantilizm dastlab … Читать далее

MOGADISHO

MOGADISHO (mahalliy nomi Xamar) — Somali poytaxti. Benadir viloyatining maʼmuriy markazi. Hind okeani sohilida joylashgan. Aholisi 900 ming kishi (1996). Iklimi subekvatorial iqlim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 28°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 400 mm dan ziyod. Mamlakatning asosiy porti (chetdan sanoat xom ashyolari, mashina, jihozlar, oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi). Aeroporti xalq,-aro ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari tuguni. … Читать далее

MUSTABIDLIK

MUSTABIDLIK, despotiya — yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Mustabid hokimiyati, odatda, zoʻravonlik, bosib olish, baʼzan esa, qonuniy hokimiyatni agʻdarib tashlash natijasida oʻrnatiladi. Mustabidlik mil. av. 7—6-a. larda Yunoniston shaxardavlatlari (polislar)da mavjud boʻlgan (mas, Afinada mustabid Pisistrat). Bunday davlatda huquqiy, axloqiy asoslar boʻlmaydi, qonunlar ishlamaydi, ularning oʻzi juda kam boʻladi. U zoʻravonlik, baʼzan esa … Читать далее

PADUYA

PADUYA — Italiyaning shim. qismidagi shahar. Paduya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 203,3 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining muhim tuguni, kema katnaydigan kanal orqali Adriatika dengizi bilan bogʻlangan. Mashinasozlikning turli sohalari, kimyo, yengil, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Galiley ishlagan un-t (1222), botanika bogʻi (1545, Yevropada eng kds.), muzeylar bor. Shahar mil. av. 4-a. dan maʼlum. … Читать далее

FRESKA

FRESKA (ital. fresco — yangi) — rangtasvir asari yaratish usuli; asarlari yangi nam suvoqqa quriganda yupqa shaffof kalsiy karbonat qatlami hosil qiluvchi suvli yoki ohak suvi qoʻshilgan boʻyoklarda ishlanadi. Bunda boʻyoqlar mustahkamlanib, Freskaning uzoq saqlanishini taʼminlaydi. Shu usulda yaratilgan rangtasvir asari ham Freska deb ataladi. Meʼmorlik bilan bogʻliq holda monumental kompozitsiyalar yaratish imkonini beruvchi Freska … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

KARUZO

KARUZO (Caruso) Enriko (1873.24.2 – Neapol — 1921.2.8) — italyan xonandasi (tenor), belkanto sanʼatining yirik namoyandasi, jahon opera ijrochiligining atoqli vakillaridan. Yoshligida cherkov xoriga qatnashgan. 1894—1901-y. larda Italiya va Qohira opera teatrlarida ishlagan, 1903-y. dan «Metropoliten-opera» (Nyu-York) teatrining yakkaxoni. 1898-y. dan Jan. va Shim. Amerika hamda Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrosi — dramatik joʻshqinligi, serzavqligi … Читать далее

MAJOZ

MAJOZ, allegoriya — adabiybadiiy usul yoki obrazlilik turi; mavhum tushuncha yoki mulohazani aniq bir obraz vositasida ifoda etish. Majozda 2 tushuncha orasidagi yaqinlikka asoslanib, yangi shartli ifoda yaratiladi. Maʼnaviy qadriyatlar (haqiqat, muhabbat, vijdon, imon kabi)ni anglatuvchi umumiy tushunchalar bilan birga maʼlum tipik hodisalar, xarakterlar, mifologik personajlar, hatto aniq shaxslar ham Majoz oʻrnida kelishi mumkin. Majozning … Читать далее