MAJOZ

MAJOZ, allegoriya — adabiybadiiy usul yoki obrazlilik turi; mavhum tushuncha yoki mulohazani aniq bir obraz vositasida ifoda etish. Majozda 2 tushuncha orasidagi yaqinlikka asoslanib, yangi shartli ifoda yaratiladi. Maʼnaviy qadriyatlar (haqiqat, muhabbat, vijdon, imon kabi)ni anglatuvchi umumiy tushunchalar bilan birga maʼlum tipik hodisalar, xarakterlar, mifologik personajlar, hatto aniq shaxslar ham Majoz oʻrnida kelishi mumkin. Majozning obrazli-predmetli va maʼ-noli kabi ikki tomoni mavjud boʻlib, maʼnoli tomon birlamchi, obrazli-predmetlisi ikkilamchidir. Chunki obrazda hamisha oldindan maʼlum boʻlgan fikr qayd etiladi. Shu tufayli ma-joziy obraz, oddiy badiiy obrazdan farqli ravishda, maxsus sharhni talab qiladi.

Majoz asarning badiiy-estetik qimmatini, taʼsir kuchini oshirishga xizmat qiladigan vositalardan. Sharq folklori va adabiyoti namunalarida Majozning turli shakllari koʻplab uchraydi. Ayniqsa, Jaloliddin Rumiy, Farididdin Attor, Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil ijodida oʻta shartli majoziy va ramziy obrazlar mavjud boʻlib, ularning keng miqyosli mazmuni predmet obrazga sigʻmaydi. Koʻpmaʼnolilik va falsafiy teranlikka, umumbashariy gʻoyalar va masalalarga boylik hamda badiiy yuksaklik koʻplab mashh-ur asarlarda ana shunday majoziy obrazlar vositasida erishilgan. Oʻrta as-rlar adabiyoti va klassitsizm sanʼatida majoziy shakllar adolat, ezgulik va yovuzlik haqidagi gʻoyalarni mifologik obrazlar vositasida ifodalash uchun, 19-a. rus adabiyotida esa senzurani nazarda tutib ham qoʻllangan (mas, Saltikov-Shchedrin ertaklari va b.). Manyerizm, barokko, xususan, romantizm estetikasida Majoz keng oʻrin egallagan. Yevropa adabiyoti va sanʼatiga qadimgi, didaktik xarakterdagi Majoz yot boʻlib, bu yerda u, asosan, voqealikni estetik idrok etishning majoziy obrazli shakli, yaʼni adabiybadiiy usul sifatidagina foydalanilgan (P. Shelli, Gyote, G. Ibsen, A. Frans, S.Shchedrin va b.).

Badiiy adabiyotdagi koʻpchilik majoziy obrazlar folklordan, asosan, hayvonlar xaqidagi ertaklardan olingan (boʻri—ochkoʻzlik, tulki—ayyorlik timsoli kabi). Majoz turli janrlarda, ayniqsa, masal, ramz, rivoyat, hajv, parabola va b. da keng qoʻllanadi. Shu bilan birga, u realistik yoʻnalishdagi yozuvchilar (Pushkin, Gogol. Chingiz Aytmatov, Rasul Hamzatov va b.) ijodida ham uchraydi. Oʻzbek adabiyotidaHamza, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Gʻayratiy, keyinchalik Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi kabilar ijodida Majozning turli namunalari mavjud.

Tasviriy sanʼatda Majoz baʼzi mavhum maʼno va tushunchalarni aniq va tasavvur eta oladigan qiyofa, shakllarda tasvirlashni anglatadi. Mas, adolatparvarlik — qoʻlida tarozu kutarib turgan kuzi bogʻliq ayol; goʻzallik va nafosat — maʼbuda Afrodita qiyofasida namoyon boʻladi. Majoz tasviri uning nima maʼno yoki tushunchaga qiyos etilayotganini tushuntiradigan unsurlar bilan ifodalanadi. Jumladan, sanʼat M. i boʻlgan Apollonning qoʻlida arfa tasvirlangan. M. Yunon va Rim, Italiya Uygʻonish sanʼatida, shu sanʼat anʼanalarini davom ettirishda keng ishlatilgan. 19—20-a. lar realistik sanʼatida Majoz ijtimoiysiyosiy maʼnoga ega boʻldi. 20-a. da Majoz mahobatli haykaltaroshlik va rangtasvirda, shunin-gdek, plakat va siyosiy hajviy (karikatura) asarlarida keng tarqaldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x