MUSTABIDLIK

MUSTABIDLIK, despotiya — yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Mustabid hokimiyati, odatda, zoʻravonlik, bosib olish, baʼzan esa, qonuniy hokimiyatni agʻdarib tashlash natijasida oʻrnatiladi. Mustabidlik mil. av. 7—6-a. larda Yunoniston shaxardavlatlari (polislar)da mavjud boʻlgan (mas, Afinada mustabid Pisistrat). Bunday davlatda huquqiy, axloqiy asoslar boʻlmaydi, qonunlar ishlamaydi, ularning oʻzi juda kam boʻladi. U zoʻravonlik, baʼzan esa terror va genotsid asosiga quriladi. Mustabid hokimiyat shafqatsizdir. Mustabidlik tuzumida har bir odam uning zarbiga uchraydi. Oʻrta asr Shim. va Oʻrta Italiya shahardavlatlaridagi siyosiy tuzum shakli ham Mustabidlikning namunasi edi. Bunda fuqarolik va harbiy hukumat toʻlaligicha yagona hukmdor — sinyor qoʻlida jamlangan. Mustabidlik rejimi insoniyattaraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xos boʻlsada, ayrim hoz. zamon davlatla – . rida xam uning oʻziga xos jihatlarini koʻrish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x