FRESKA

FRESKA (ital. fresco — yangi) — rangtasvir asari yaratish usuli; asarlari yangi nam suvoqqa quriganda yupqa shaffof kalsiy karbonat qatlami hosil qiluvchi suvli yoki ohak suvi qoʻshilgan boʻyoklarda ishlanadi. Bunda boʻyoqlar mustahkamlanib, Freskaning uzoq saqlanishini taʼminlaydi. Shu usulda yaratilgan rangtasvir asari ham Freska deb ataladi. Meʼmorlik bilan bogʻliq holda monumental kompozitsiyalar yaratish imkonini beruvchi Freska devoriy rassomlikning asosiy usullaridan. Freska uchun suvoq asos bir necha qatlam — 1 kiyem soʻndirilgan ohak va 2 qism mineral toʻldiruvchilar (qum, ohak, gʻisht yoki sopol kukunlari) dan iborat boʻladi, baʼzan suvoqni yorilishdan saklaydigan organik moddalar (somon, poʻkak, kanop va h. k.) qoʻshiladi. Odatda, ohak bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan boʻyoklar ishlatiladi. Freska rang tuslarining barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi, faqat bunda boʻyoqlar quriganda oʻta oqarishini nazarda tutish kerak. Oʻsimlik boʻyoklar quruq suvoqqa yelim yordamida yotqiziladi. Freskada lessirovka muhim rol oʻynaydi, biroq koʻp boʻyoq qatlamida rang xiralashadi va oqaradi. Freskadan tashqari quruq suvoqqa ishlanadigan rangtasvir usuli (a sekko) ham qadimdan maʼlum boʻlgan.

Freska mil. av. 2ming yilliqdan maʼlum: egey sanʼatida tarqalgan, antik badiiy madaniyatda yuksak darajada rivojlangan. Milodning dastlabki asrlarida Freskaga yaqin boʻlgan boʻyama devoriy rasmlar Sharq (Hindiston, Oʻrta Osiyo va b.) xalqlarida yaratila boshlandi. Antik davr ustalari Freskani, odatda, tempera yordamida tugatganlar; bu usul Oʻrta asrlar Freskasi (Vizantiya, Qad. Rus, Italiya va b.)ga ham xos boʻlgan. Uygʻonish davrida italiyalik rassomlar (Jotto, Mazachcho, Rafael, Mikelanjelo va b.) ijodida Freska yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarildi, 16-a. dan tempera qoʻllanilmagan «sof» F. tarqaldi. 20-a. ning ilgʻor rassomlari (Italiyada A. Borgonsoni, Meksikada D. Rivera, Rossiyada V. A. Favorskiy va b.) F. da ijod qildi, Freska palitrasi koʻpgina yangi sintetik boʻyoklar bilan boyidi.

Oʻzbekiston hududida qadimdan quruq suvoqqa ishlanadigan Freska usuliga yaqin devoriy rasmlar yaratilgan (Afrosiyob devoriy rasmlari va b.), 20-a. dan Freska keng tarqaldi. Freska sanʼatining Oʻzbekistonda rivojlanishiga Ch. Ahmarov, N. Kashina, A. Gan va b. katta hissa qoʻshdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x