MESSO-SOPRANO

MESSO-SOPRANO (ital. — mezzo — oʻrta va soprano) — ayollarning soprano va kontralto orasidagi ovozi. Diapazoni kichik oktava «lya», «si» tovushidan ikkinchi oktava «si»gacha (a-h — h2). M.-s. ovozlari oʻrta registrdagi tovushlarning toʻlaqonliligi, yuqori pardalarining oʻtkirligi, pastki, «koʻkrak» registr mavjudligi bilan soprano ovozdan ajralib turadi. M.-s. ovozi uchun yozilgan mashhur opera partiyalari: Amneris (J. Verdi, «Aida»), Karmen (J. Vize, «Karmen»), Lyubasha (N. Rimskiy-Korsakov, «Podshoning kelini»), Dalila (K. Sen-Sane, «Samson va Dalila») va b. R. Gorr (Belgiya), A. Myurrey (Irlandiya), M. Gay (Ispaniya), S. Siminioto (Italiya), I. Arxipova, N. Terentyeva (Rossiya), K. Txorborg (Shvetsiya)lar M.s. ovozi bilan mashhur. Oʻzbekistonda Maysara (S. Yudakov, «Maysaraning ishi»), Halima (H. Rahimov, «Zafar») kabi M.-s. ga moʻljallangan bosh opera partiyalarni H. Nosirova katta mahorat bilan talqin etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x