SHVED TILI

SHVED TILI — german tillarining shim. (skandinaviya) guruhchasiga mansub til; Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Daniyada, shuningdek, AQSH va Kanadada tarqalgan. Shvetsiya Qirolligining rasmiy tili, Finlyandiya Respublikasining 2rasmiy tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 mln. ga yaqin (Shvetsiyaning oʻzida 8,6 mln. dan ortiq) kishi (oʻtgan asrning 90-y. lari).

Shved tilining 6 ta lahja guruhi bor: svey (Shvetsiyaning markaziy hududi — Melaren koʻli atrofi), yot (jan. gʻarbiy hududlar), norland (shim. hudud), sharqiy shved (Botnik qoʻltigʻi qirgʻoqlari), gutni (Gotland oroli), jan. shved (Skone viloyatidagi dan tiliga yaqin). 1645-yilda Norvegiyaning Xaryedalan va Yemtland viloyatlari Shvetsiyaga qoʻshib olingach, u yerlarda aralash shvednorveg shevalari shakllangan.

Shved tili fonetikasi choʻziq va qisqa tovushlar (unlilar va undoshlar)ning, musiqiy urgʻuning mavjudligi bilan ajralib turadi. Grammatik xususiyatlari: otlarda umumiy va oʻrta jins (rod), birlik va koʻplik son, 2 ta kelishik (umumiy va qaratqich), aniqlik va noaniqlik shakllari va boshqalar mavjud; feʼllar 4 xil tuslanishga ega; mayl, zamon, nisbat kategoriyalari boʻiicha oʻzgaradi. Soʻzlar gapda qatʼiy tartibda joylashadi.

Tarixiy rivojlanishida 2 davr: qadimiy Shved tili (9-asrdan 1525-yilgacha — Shvetsiya mustaqillikka erishguncha) va yangi Shved tili (1525-yildan) davrlari farkdanadi. Eng qadimiy yozma yodgorliklari 9—12-asrlarga mansub, runik yozuvdya bitilgan yodgorliklardir. Lotin grafikasidagi qadimiy qoʻlyozmalar 13-asrga mansub. Shved tili dagi dastlabki bosma asar 1425-yilda nashr etilgan. qadimiy shved yozma tili 14—15-asrlarda yot lahjasi asosida shakllangan; hoz. adabiy til esa 16—17-asrlarda svey shevalari (asosan, Stokgolm shevasi) negizida shakllana boshlagan. Yozuvi lotin grafikasi asosida unga 3 ta harf (A, A, O) qoʻshgan holda yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x