HAMDOʻSTLIK

HAMDOʻSTLIK (1947-y. gacha Britaniya millatlar hamdoʻstligi) — Buyuk Bri-taniya va uning sobiq koʻpgina dominionlari hamda mustamlakalaridan iborat birlashma. Hamdoʻstlikning huquqiy maqomi 1931-y. Vestminster statuti bilan belgilab berilgan (1947-y. aniqlik kiritilgan). Unda Hamdoʻstlikga aʼzo davlatlarning oʻzaro hamda Britaniya bilan munosabatlari, ularning ichki siyosatda ham, tashqi siyosatda ham mustaqil va tenghuquqli davlat sifatida faoliyat yuritishi oʻz ifodasini topgan. 1971-y. Singapurda imzolangan Hamdoʻstlik prinsiplari toʻgʻrisidagi Deklaratsiya H. kon-sensus tamoyillari asosida ish olib boruvchi ixtiyoriy birlashma ekanli-gini tasdiqladi. Hamdoʻstlik 30 respublika va 21 monarxiyadan tashkil topgan. 16 monarxiya davlat boshligʻi sifatida Buyuk Britaniya qirolini tan oladi, bu mamlakatlarda general gubernator qirol nomidan ish koʻradi; 5 monarxiya oʻz qiroliga ega. Buyuk Britaniya monarxi Hamdoʻstlik boshligʻi va uning ramzi hisoblanadi. Hamdoʻstlik mamlakatlari har yili konfe-rensiya oʻtkazadilar. H. Kotibiyati mavjud. Buyuk Britaniyada hukumat tarkibida Hamdoʻstlik ishlari boʻyicha vazir bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x