HAKAM

HAKAM (sportda) — sport musobaqasini nazorat qiluvchi, uning belgilangan qoidalar asosida oʻtishini taʼminlovchi, qatnashchi sportchilarning natijalarini baholovchi, uchra-shuv paytida yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etuvchi, umuman musobaqaning aniq meʼyorlar asosida oʻtishiga masʼul shaxs. H. lar sport turlari musobaqalarida bajaradigan vazifalariga qarab quyidagicha nomlanadi: komissar, nazoratchi Hakam, bosh H., katta Hakam, ikkinchi Hakam, yordamchi Hakam, darvoza ortidagi Hakam, uchrashuv sof vaktini hisoblovchi Hakam, toʻr oldidagi Hakam, chiziqdagi H., kotib H. va h. k. Musobaqadan keyin tuzilgan H. lar qarori tashkilotchilar tomonidan yakuniy xulosa uchun qabul qilinadi. Baʼzi hollarda H. lar qaro-riga aniqlik kiritish uchun elektron uskuna koʻrsatkichlari, fototasvir va videoyozuvlardan foydalaniladi. Hakamlar xalqaro, milliy (respublika), 1, II va III toifalarga boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x