BREMEN

BREMENGermaniya yeri yoki erkin Ganza shaxri. Shim. Germaniya pasttekisligida, Vezer daryosining Shimoliy dengizga quyilish joyida, bir-biridan 65 km masofada joylashgan ikki shaharBremen va Bremerxafenni (avanport) oʻz ichiga oladi, bu ikki shahar oraligʻidagi yerlar quyi Saksoniya hududi tarkibida. Mayd. 404 km2. Aholisi 680 ming kishi (1995). Bremen — Germaniya yerlarining eng kichigi. Maʼmuriy markazi — Bremen sh.

Bremenga 787-y. da yepiskop qarorgohi sifatida asos solingan. 11-a. da u «Shimoliy Rim» deb atalgan. 1358-y. da B. Ganza shaharlari ittifoqi aʼzosi boʻlgan. 1646-y. da Erkin imperiya shahri huquqini olgan. 1618—48 ylardagi 30 yillik urushdan soʻng Bremen Shvetsiya tarkibiga, 1715-y. da Gannoverga oʻtdi. 1815-y. da erkin shahar deb eʼlon qilindi. 1871-y. dan Germaniya tarkibidagi erkin shahar.

Iqtisodining poydevorini port xoʻjaligi, xalqaro savdo va yuqori texnologik mahsulotlar i. ch. tashkil etadi. Mamlakatning eng yirik dengiz portlari shu shaharlarda joylashgan, ular yuk ortish va tushirish jihatidan dunyoda yetakchi oʻrinni egallaydi. Bremerxafen portila yuklarning katta qismi konteynerlarda qabul qilinadi va joʻnatiladi. Bu portlarda dengiz kemalariga tezkorlik bilan xizmat koʻrsatiladi. Sanoatida kemasozlik yetakchi urin da. Aviasozlik va kosmonavtika sanoati hajmi jihatidan va bu sohalarda yangi texnologiyalarni yaratish va joriy etish boʻyicha muhim ahamiyatga ega. Avtomobilsozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.

Bremerxafenda Germaniya qutbni oʻrganish markazi joylashgan. Iqtisodining yana bir muhim tarmogʻi — turizm. Dunyoga mashhur kemasozlik muzeyi, unt, i. t. institutlari, sanʼat maktabi bor. Kad. B. SanktPetri gotika sobori, Uygʻonish davrida qurilgan binolari bilan mashhur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x