GIDRANT

GIDRANT (gidro…) — vodoprovod tarmogʻiga (yoʻliga) urnatiladigan suv olish kolonkasi yoki krani. Koʻchalarga suv sepish, yongʻinni uchirish, ichimlik suv bormagan joylarga suv olib ketish va b. uchun qoʻllaniladi (yana q. Oʻt uchirish gidranti). Пост Навигацияси

BIJANAKLAR

BIJANAKLAR, pecheneglar, paszinaklar — Itil (Volga) va Yoyiq (Ural) daryosi boʻylari, Orol dengizi oraligʻidagi dashtlarda hamda Kaspiy dengizining sharqi va shim. da mil. 1-ming yillikning ikjinchi yarmida yashagan bir qancha turkiy qabilalar birlashmasi. Bijanaklar qad. Qangʻdavlati aholisi qangʻlilarta mansub boʻlganlar. 8-a. da Yoyiq va Itil daryolari oraligʻida yashovchi qangʻli, sarmat va b. qabilalarning birlashuvidan yirik … Читать далее

BIBLIYA

BIBLIYA (yun. Biblia — kitoblar) — yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya ikki asosiy qismga — Qadimgi ahd va Yangi dhdga boʻlinadi. «Axd» soʻzi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qadimgi avd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qad. davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi axd esa faqat xristianlar … Читать далее

VUCHETICH Yevgeniy Viktorovich

VUCHETICH Yevgeniy Viktorovich [1908.15(28).12, Yekaterinoslav — 1974.12.4, Moskva] — rus haykaltaroshi. BAning haqiqiy aʼzosi (1953). 1931-y. Samarqandga kelib, Tasviriy sanʼat f-kasida ishlagan va Leningrad BAda oʻqib (1931-33), 1933-y. dan yana Samarqandga qaytib kelgan. Rostovda Samarqandda yaratgan asarlarining koʻrgazmasini oʻtkazgan. «General Chuykov» (1947), «Nazarali Niyozov» (1948), venger haykaltaroshi J. Shtrobl (1955), yozuvchi Ye. V. Vuchetich. «Qilichlardan … Читать далее

GEOMETRIK ALMASHTIRISH

GEOMETRIK ALMASHTIRISH — toʻgʻri chiziq, tekislik yoki fazoni oʻzaro bir qiymatli akslantirish; maʼlum qonuniyat va qoidalarga asosan berilgan figuradan yangi figura hosil qilish. Mac, oʻq simmetriyasi yoki markaziy simmetriya — eng oddiy Geometrik almashtirish Uni quyidagicha taʼriflash ham mumkin. Maʼlum qoida asosida tekislikning har bir M nuqtasiga shu tekislikdagi aniq Af nuqta mos keltirilsa, tekislikdagi … Читать далее

BENIN

BENIN (Benin). Benin Respublika s i (Republique du Benin) (1975-y. gacha Dagomeya) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 6 viloyatga boʻlinadi. Mayd. 112,6 ming km2. Aholisi 5,5 mln. kishi (1996). Poytaxti PortoNovo sh. (prezident va hukumat qarorgohi Kotonu sh. da). Davlat tuzumi. Benin — respublika. Amaldagi konstitutsiya 1990-y. da … Читать далее

VINO

VINO (lot. winum — aylanuvchi, oʻraluvchi) — uzum va mevalar sharbati yoki turpini achitqilar ishtirokida spirtli bijgʻitish yoʻli bilan tayyorlanadigan ichimlik. Qadimda Sharq xalqlari Vinoni sharob, may, musallas deb yuritishgan. Hoz. davrda Vino jahondagi 45 mamlakatda ishlab chiqariladi va deyarli barcha mamlakatlarda isteʼmol etiladi. Jahon mamlakatlari oʻrtasida Fransiya va Italiyada eng koʻp uzum vinosi ishlab … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее

GANDI

GANDI Indira (toʻliq ismi Indira Priyadarshni Neru) (1917.19.11, Ollohobod — 1984.31.10, Dexli) — Hindistonning siyosat va davlat arbobi. J. Nerunint qizi. Shveysariya, Angliya va Hindiston oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olgan. 1938-y. dan Hindiston Milliy kongressi (HMK) partiyasi aʼzosi. Ingliz mustamlakachilik istibdodiga qarshi kurashda faol qatnashgan. 1947-y. da Hindiston mustaqillikka erishgach, xotin-qizlar harakatida ishtirok etgan. Gandi … Читать далее

GAY

GAY (Gaius) (?—?) — 2-a. Sabin maktabiga mansub Rim huquqshunosi. Imperator mutlaq hokimiyati hamda cheklanmagan xususiy mulkchilik tarafdori boʻlgan. Rim xususiy huquqiga oid darslik («Institutsiya») muallifi. Gay darsligidan ayrim garb mamlakatlari qonunchiligida (mas, Fransiya fuqarolik kodeksi, 1804) foydalanilgan (yana q. Rim huquqi). Пост Навигацияси