BOSQOQ

BOSQOQ (turkiycha — bosuvchi, ezuvchi) — moʻgʻul xoni tomonidan qaram mamlakatlarga maxsus yorliq bilan yuborilgan amaldor, noib. Bosqoq oʻz maʼmuriy mavqeiga kura bek va lashkarboshipardan yuqori turgan. Bosqoqga maxsus harbiy otryad va turli mayda amaldorlar biriktirilgan bulib, uning vazifasi mahalliy hokimiyat faoliyatini nazorat qilish, soliq va oʻlpon yigʻish, tub aholini roʻyxatga olishdan iborat boʻlgan. Bosqoqlar soliq va oʻlpon yigʻishda benihoyat shafqatsizlik qilganlari boisidan mustamlaka mamlakatlarda tez-tez qoʻzgʻolonlar sodir boʻlib turgan. Bosqoqlik 13-a. ning oʻrtalarida Eron va Rusda ham joriy etilgan. Moʻgʻul xonlari 14-a. ning boshlarida mazlum xalqlar kurashining kuchayishi munosabati b-n B. likni bekor qilib, soliq va oʻlpon yigʻishni mahalliy hokimiyatga topshirishga majbur bUlishgan. (yana q. Dorugʻa).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x