BIJANAKLAR

BIJANAKLAR, pecheneglar, paszinaklar — Itil (Volga) va Yoyiq (Ural) daryosi boʻylari, Orol dengizi oraligʻidagi dashtlarda hamda Kaspiy dengizining sharqi va shim. da mil. 1-ming yillikning ikjinchi yarmida yashagan bir qancha turkiy qabilalar birlashmasi. Bijanaklar qad. Qangʻdavlati aholisi qangʻlilarta mansub boʻlganlar. 8-a. da Yoyiq va Itil daryolari oraligʻida yashovchi qangʻli, sarmat va b. qabilalarning birlashuvidan yirik bijanakqangʻli ittifoqi tashkil topgan. 9-a. oxirlarida (889-y.) tabiiy iqlim sharoitining gʻoyat ogʻirlashuvi, xususan qurgʻoqchilik hamda qipchoq va oʻgʻuzlarning siquvi natijasida Bijanaklarning asosiy qismi jan. rus dashtlariga, Qora dengizning shim. dagi yerlarga koʻchib oʻtganlar. Bijanaklar Kiyev Rusi yerlariga muttasil chopqun uyushtirib turganlar. 1010-y. dan keyin Bijanaklar qoʻllariga asir tushgan musulmon ulamosi, ilohiyotchi olimi orqali i slom diniga kirganlar. 11 — 12-a. larda Bijanaklardan qorilar, ulamolar, fiqhshunoslar chiqqan. 1036-y. Kiyev knyazi Yaroslav Mudriy B. ga qattiq zarba bergach, Bijanaklar larning bir kismi Vengriyaga koʻchib ketgan. Bijanaklarning YoykqItil oraligʻida qolgan qismi keyinchalik Dashti Qipchoq oʻzbeklari tarkibiga kirgan. Bijanaklarning yana bir kismi (8-a.) Amudaryoning quyi oqimida, boshqa bir qismi oʻgʻuzlar tarkibiga kirib Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimlarida koʻchmanchilik bilan mashgʻul boʻlishgan. Abdurrashid Bakuviy (15a,)ning yozishicha, Bijanaklar turkiy elat boʻlib, shim. da oltinchi iqlimda, saqlablar (slavyanlar)ga yaqin yerda yashaganlar. Ular uzun soqolli, uzun moʻylabli, kuchli va yengilmas boʻlganlar. Ular hech kimga, hech qachon xiroj toʻlashmagan. Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x