GANDI

GANDI Indira (toʻliq ismi Indira Priyadarshni Neru) (1917.19.11, Ollohobod — 1984.31.10, Dexli) — Hindistonning siyosat va davlat arbobi. J. Nerunint qizi. Shveysariya, Angliya va Hindiston oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olgan. 1938-y. dan Hindiston Milliy kongressi (HMK) partiyasi aʼzosi. Ingliz mustamlakachilik istibdodiga qarshi kurashda faol qatnashgan. 1947-y. da Hindiston mustaqillikka erishgach, xotin-qizlar harakatida ishtirok etgan. Gandi 1959—60 y. larda HMK raisi, L. B.

Ulacmpu hukumatida axborot va radioeshittirish vaziri (1964—66), bosh vazir (1966—77). 1977-y. ning mart oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida HMK magʻlubiyatga uchradi va hokimiyatni qoʻldan boy berdi. 1977-y. dek. da yuz bergan ichki ziddiyatlar natijasida HMK ikkiga boʻlinib ketdi va Gandi 1978-y. ning yanv. da oʻz tarafdorlarining HMK (I) yangi partiyasini tuzdi va uning raisi etib saylandi. 1980-y. muddatidan ilgari boʻlib oʻtgan saylovlarda (HMKI) gʻalaba qildi va Gandi yana bosh vazir lavozimini egalladi. Gandi terrorchilar tomonidan otib oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x