BOLLS ASBOBI — paxta tolasining uzunligi oʻlchanadigan asbob. Ingliz ixtirochisi V. L. Bolls nomidan. Choʻzish apparati va undan olingan piltani lentaga boʻlib chiquvchi moslamadan iborat. Choʻzish apparatida 2 juft metall valik bor. Ostki valikka charm qoplangan. Valiklar bir-biriga prujina yordamida siqilib turadi. Paxta namunasidan 200—300 g tola ajratilib, 32 teng boʻlakka boʻlinadi va aralashtiriladi. Aralashmani yana 4 boʻlakka boʻlib, har biri alohidaalohida choʻzish apparatidan oʻtkaziladi va 4 pilta olinadi, soʻngra ularni qoʻshib, choʻzib bitta pilta yasaladi. Undan tarozida 0,1—0,13 g namuna tortib olib, tolalari parallel boʻlguncha choʻzish apparatidan oʻtkaziladi, keyin duxoba qoplangan valikka oʻrab, uz. 22 sm, eni 15 mm li pilta hosil kilinadi. Bolls asbobining ikkinchi qismi karetka va taʼminlash valiklaridan iborat. Tayyorlangan pilta taʼminlash valiklari orasidan oʻtkazilib, karetkaga oʻrnatiladi. Karetka duxoba qoplangan stol ustida yurgiziladi,shunda piltadagi tolalar duxobaga oʻtadi. Duxobaga oʻtgan tolalar maxsus tarozida tortiladi. Tolalarning ogʻirligiga qarab diagramma tuziladi. Diagrammaning vertikal koordinata oʻqi tolalar ogʻirligini, gorizontal koordinata oʻki tolalar uzunligini koʻrsatadi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии