GʻAZNAVIYLAR

GʻAZNAVIYLAR — Xuroson, Shim. Hindiston hamda qisman Movaroun-nahr va Xorazmda hukmronlik qilgan turkiy sulola (962—1186). Gʻaznaviylar davlatsht boshqargan. Sulolaga somoniylar lashkarboshisi Attegin asos solgan. Sulola nomi davlat poytaxti Gʻazna sh. dan olingan.

Somoniylar davrida mamlakatning siyosiy hayoti va harbiy qoʻshinda turk gʻulomlari katta rolʼ oʻynagan. Somoniy amirlari koʻplab turk gʻulomlarini saltanatga qilgan xizmatlari eva-ziga siylab, ularni turli viloyatlarga noib qilib tayinlashgan. Iqtidorli lashkarboshi Alptegin Gʻazna va Kobul viloyatlarini 962-y. dan mustaqil boshqarishga intilgan. Alpteginning oʻlimi (963) dan soʻng oʻgʻli Isʼhoq va gʻulomi Bilgategin, shuningdek, Piritegin hukmronlik qilgan davr (963—977-y. lar)da Gʻaznaviylar mulki kengaymay turgan. Alpteginning kuyovi va sobiq gʻulomi Sabuktegin hukmronligi davrida (977—997) esa Gʻaznaviylar sulolasi mustaqil siyosiy kuch sifatida Somoniylar tomonidan eʼtirof etilgan. Sulola shuhratini Sabukteginning oʻgʻli mahmud Gʻaznaviy eng yuqori choʻqqiga koʻtargan. Sulola hukmdorlari avval amir, soʻngra sulton (Mahmud Gʻaznaviydan boshlab) va shoh (Bahromshohdan boshlab) deb atalganlar. Gʻaznaviylar hukmdorlari quyidagilardan iborat boʻlgan: Alpte-gin (962-963), Isʼhoq (963-966), Bil-gategin (966— 972), Piritegin (972 — 977), Sabuktegin (977—997), Ismoil (997-998), Mahmud Gʻaznaviy (998-1030), Muhammad (1030), Masʼud Gʻaz-naviy (1030-41), Mavdud (1041-48), Masʼud 11 (1048), Ali Abul Hasan (1048-49), Abdur Rashid (104953). Toʻgʻrul (1053), Farruxzod (1053-59), Ibrohim (1059-99), Masʼud III (10991114), Sherzod (1114-15), Arslon (111518), Bahromshoh (1118-52), Xus-ravshoh (1152—60), Xusrav Malik (1160—86) (yana q. Gʻaznaviylar davlati).

Ad.: Bosvort K. E., Musulmanskiye iiiastii, M., 1971; Stenli Len-Pul, Musulmanskiye dinastii, M.-T.-Bishkek, 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x