GʻOʻZA

GʻOʻZA — gulxayridoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi; paxta tolasi olish uchun ekiladigan texnika ekini. 3 ta kenja turkum (Yei8088ursht, Kagrax, §1ig11a)ni oʻz ichiga oladi. Bular bir yillik va koʻp yillik butalar, daraxtlar hamda tropik mintaqa buta va oʻtlaridir. Gʻoʻzaning 50 turi maʼlum. Gʻoʻza turkumida xromosomalar soni dishtoid (2 l = 26) va tetraploid (2 p … Читать далее

ZIGʻIR TOLASI

ZIGʻIR TOLASI — zigir poyasidan olinadigan mahsulot. Mayin, uzun (0,5— 0,1 m), pishiqtola; chiroyli tovlanib turadi. Zigʻir poyasidan ajratib olish uchun poya ivitiladi (q. Ivitshi). Ivitilgan poya ochiq havoda yoki maxsus quritgichda quritiladi. Soʻngra ezish mashinasining tishli joʻvalari (valeslari) orasidan oʻtkazilib, yogʻochlik qismi sindiriladi. Savash mashinasida tola chiqindilar (kalta tola va yogʻochlik)dan tozalanadi. Soʻngra tarash … Читать далее

IVITISH

IVITISH — 1) toʻqimachilikda — tolali oʻsimliklar (kanop, zigʻir, jut va b.) poyasidan tolalarni ajratib olishga tayyorlash jarayoni; bunda tolalarni bir-biriga yopishtirib turgan pektin moddalar eriydi (parchalanadi). Poya yoki uning poʻstlogʻini sovuq yoki issiq suvda, bugʻda, har xil kimyoviy moddalar taʼsirida, dalaning oʻzidagi namgarchilikda Ivitish mumkin. Suvda Ivitish har xil mikroorganizmlarning faoliyatiga asoslangan. Sovuq suvda … Читать далее

IPAK

IPAK, pilla tolasi — ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xom ashyosi. Ipak ipak qurti pillasini oʻrab turgan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin (ipak yelimi) bilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat. Bu tolada 70—75% fibroin (oqsil modda), 20—25% seritsin, 2—3% turli mineral moddalar, … Читать далее

IPAKCHILIK SANOATI

IPAKCHILIK SANOATI — yengil sa-noat tarmoqlaridan biri. Asosan, tabiiy va sunʼiy ipak tolasi, yigirilgan ipak, sintetik hamda har xil tabiiy va sunʼiy tolalar birikmasidan ipak (shoyi) gazlamalar toʻqib chiqaradi. Pilla chuvish (tortish), uning losidan ipak yigirish va toʻqilgan gazlamalarni pardozlash ham Ipakchilik sanoatiga kiradi. Oʻzbekistonda ipakchilik tarmogi teran tarixiy ildizlar va anʼanalarga ega. Ipak qurti … Читать далее

IVANOVO VILOYATI

IVANOVO VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1929-y. 14 yanv. da tashkil topgan. Mayd. 23,9 ming km2. Aholisi 1222 ming kishi (2000), asosan ruslar. 22 maʼmuriy r-n, 17 shahar va 32 shaharcha bor. Markazi Ivanovo sh. I. v. Sharqiy Yevropa tekisligining markaziy qismida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yozi issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi … Читать далее

KONDENSATLANISH REAKSIYALARI

KONDENSATLANISH REAKSIYALARI — ikki yoki bir nechta oddiy moddalardan murakkab birikmalar hosil boʻlishini tavsiflaydigan koʻp sonli reaksiyalar guruhining organik kimyoda nomlanishi. Bunda yangi uglerod-uglerod (S—S) bogʻlari hosil boʻladi. Kondensatlanish reaksiyalarida, koʻpincha, suv, vodorod, spirt, galogenvodorod va galogenlar ajraladi. Bu xildagi Kondensatlanish reaksiyalariga kroton kondensatlanish, benzoin kondensatlanish, aldol kondensatlanish, diyen sintezi va b. misol boʻla oladi. … Читать далее

KIMYO SANOATI

KIMYO SANOATI — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, … Читать далее

KIYEV VILOYATI

KIYEV VILOYATI — Ukrainadagi viloyat. 1932-y. 27 fev. da tashkil etilgan. Mayd. 28,1 ming km2. Aholisi 4510 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, yahudiy, belorus, polyak va b. millat vakillari ham yashaydi. 25 tumanga boʻlingan; 22 shahar, 29 shaharcha bor. Markazi — Kiyev sh. Kiyev viloyati Polesye va Dnepr boʻyi pasttekisliklari, jan. va jan.-gʻarbda … Читать далее

GRODNO VILOYATI

GRODNO VILOYATI — Belorussiya tarkibidagi viloyat. 1944-y. 20 sent. da tashkil etilgan. Respublikaning garbida, Neman daryosi havzasida. Mayd. 25,0 ming km2. Aholisi 1198,5 ming kishi (1998), asosan beloruslar; polyak, rus, ukrain va b. ham yashaydi. Grodno viloyati 17 tumanga boʻlingan; 10 shahar, 22 shaharcha bor. Markazi — Grodno sh. Grodno viloyatining yer yuzasi asosan tekislik, … Читать далее