KONDENSATLANISH REAKSIYALARI

KONDENSATLANISH REAKSIYALARI — ikki yoki bir nechta oddiy moddalardan murakkab birikmalar hosil boʻlishini tavsiflaydigan koʻp sonli reaksiyalar guruhining organik kimyoda nomlanishi. Bunda yangi uglerod-uglerod (S—S) bogʻlari hosil boʻladi. Kondensatlanish reaksiyalarida, koʻpincha, suv, vodorod, spirt, galogenvodorod va galogenlar ajraladi. Bu xildagi Kondensatlanish reaksiyalariga kroton kondensatlanish, benzoin kondensatlanish, aldol kondensatlanish, diyen sintezi va b. misol boʻla oladi. Bundan tashqari, geterotsiklik birikmalar hosil boʻladigan barcha reaksiyalar ham organik kimyoda Kondensatlanish reaksiyalari deb ataladi. Bu reaksiyalar jarayonida uglerod — uglerod, uglerod — geteroatom, geteroatom — geteroatom kabi yangi bogʻlar hosil boʻlishi mumkin. Odatda, eterifikatsiya, qayta eterifikatsiya, kislorod yoki azot va b. boʻyicha alkillash, atsillash reaksiyalari Kondensatlanish reaksiyalariga kirmaydi. Lekin bu sxemalarda polimerlar hosil boʻlishi polikondensatlanish reaksiyalari deyiladi. Kondensatlanish reaksiyalari sanoatda, lab. da keng qoʻllaniladi. Plastmassalar, loklar, sunʼiy tola va b. tayyorlashda ishlatiladigan koʻpgina sintez smolalar (mas, kapron) K. r. bilan olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x