ZIGʻIR TOLASI

ZIGʻIR TOLASI — zigir poyasidan olinadigan mahsulot. Mayin, uzun (0,5— 0,1 m), pishiqtola; chiroyli tovlanib turadi. Zigʻir poyasidan ajratib olish uchun poya ivitiladi (q. Ivitshi). Ivitilgan poya ochiq havoda yoki maxsus quritgichda quritiladi. Soʻngra ezish mashinasining tishli joʻvalari (valeslari) orasidan oʻtkazilib, yogʻochlik qismi sindiriladi. Savash mashinasida tola chiqindilar (kalta tola va yogʻochlik)dan tozalanadi. Soʻngra tarash mashinalarida taralganda uzun va kalta (tarandi) tolaga ajraladi. Yigiruv mashinalarida uzun 3. t. dan yuqori raqamli ip, tarandi toladan past raqamli ip olinadi. 3. t. ni yigirib olingan ipdan turli buyumlar toʻqiladi. 3. t. dan mato toʻqish ip gazlama toʻqishdan farq qilmaydi (q. Toʻquvchilik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x