IVANOVO VILOYATI

IVANOVO VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1929-y. 14 yanv. da tashkil topgan. Mayd. 23,9 ming km2. Aholisi 1222 ming kishi (2000), asosan ruslar. 22 maʼmuriy r-n, 17 shahar va 32 shaharcha bor. Markazi Ivanovo sh. I. v. Sharqiy Yevropa tekisligining markaziy qismida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yozi issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi 18—19°), qishi oʻrtacha sovuq (yanv. niki — 12°). Yillik yogʻin 550—600 mm. Daryolari Volga havzasiga mansub. Ivanovo viloyatida Gorkiy suv omborining bir qismi, Volga — Uvod kanali bor. 200 dan ortiq koʻl mavjud. Viloyat maydonining 2,9% botqoqlik. Tuprogʻi, asosan, podzol va botqoq tuproqlar. Qariyb 1 mln. ga yer oʻrmon. Sut emizuvchilardan malla quyon, oq quyon, tulki, tiyin; qushlardan karqur, kur, chil, kaklik; botqoqlik va qoʻllarda oʻrdak, gʻozlar uchraydi.

Ivanovo viloyati RFning toʻqimachilik (ip, gazlama va zigir tola gazlamasi) sanoati r-nlaridan biri. «Krasnaya Talka» yigiruv f-kasi, melanj va kamvol k-tlari va b. bor. Ip gazlama sanoatining asosiy markazlari: Ivanovo, Kinesh-ma, Shuya, Vichuga, Furmanov, Teyko-vo, Rodniki, Yuja. Zigʻir tola gazlamasi sanoati markazi — Privoljsk. Toʻqimachilik mashinasozligi, asosan, Ivanovo sh. da. Ivanovo «Tochpribor», «Ivtekmash» i. ch. birlashmalari, «Elektrokontakt», «Stroymashina», «Temp» (avtokranlar) z-dlari bor. Toʻqimachilik sanoati ehtiyojlari uchun boʻyoq va kislotalar ishlab chiqariladi, neft kimyosi, oziqovqat sanoatlari birmuncha rivojlangan. Sut-goʻsht mahsulotlari, konserva va b. ishlab chiqariladi. Oʻrmon va yogʻochsizlik sanoati (yogʻochtaxta, mebel i. ch.) rivojlangan. Yogʻoch-sozlik korxonalari, asosan, viloyatning Zavoljye va jan. sharqida joylashgan. Qurilish materiallari sa-noatida gʻisht, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar ishlab chiqariladi. Yoqilgʻi-energetika majmui maxdlliy xom-ashyo hisobiga ishlaydi (Ivanovo sh. yonidagi torfda ishlaydigan elektr stansiyasi, Saratov—Nijniy Novgorod—Cherepoves gazoprovodi). Gʻalla, kartoshka, yem-xashak ekinlari, tolali zigʻir, sabzavot ekiladi. Chorvachilikda sut-goʻsht chorvachiligi va choʻchqachilik, zotdor yilqichilik yetakchi oʻrinda. Palex va Xoluy shaharlari badiiy hunarmandchilik (lok-boʻyoq mahsulotlarini tayyorlash, miniatyurali rasm chizish) ning markazlari sifatida mashhur. Viloyatning asosiy t. y. liniyasi Moskva — Ivanovo—Kineshma. Volga, Teza, Unja, Klyazma daryolarida kema qatnaydi. 7 oliy oʻquv yurti, kutubxonalar, 5 muzey, 3 teatr bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x