VASSARGʻA

VASSARGʻA — oʻrta hamda kechpishar xuraki va vinobop uzum navi. Xalq seleksiyasi yoʻli bilan Oʻzbekistonda chiqarilgan. Oq va kora V. xillari bor. Tupi oʻrtacha kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Bargi katta (16—18 sm), besh boʻlakli, kam kertikli, arra tishli. Oq V. ning uzum boshlari oʻrtacha (boʻyi 13 — 20 sm, eni 6—10 sm), silindr-konussimon, oʻrtacha … Читать далее

VERMONT

VERMONT — AQSHning shim.sharqidagi shtat. Mayd. 24,9 ming km2. Aholisi 575 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Montpilyer sh. Hududining koʻp qismi togʻli (eng baland joyi 1338 m). Yirik daryosi — Konnektikut. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —9°, iyulniki 19°. Yiliga 750 — 1000 mm yogʻin yogʻadi. Vermont — Yangi Angliyaning iqtisodiy jihatdan … Читать далее

BOREALATLANTIKA OBLASTI

BOREALATLANTIKA OBLASTI — Dunyo okeani zoogeografiya oblastlaridan biri. Arktikaning jan. va Atlantika okeanining shim. qismini egallagan. Borealatlantika Oblastining Arktika oblasti b-n chegarasi shim. da Nyufaundlendning sharqiy sohillaridan Islandiyagacha, undan Barens dengizining Markaziy qismigacha boradi. Jan. da Borealatlantika Oblastining shartli chegarasi Delaver koʻrfazidan Ispaniyaning shim. qirgʻoqlarigacha boʻlgan chiziq boʻylab oʻtadi. Bu oblast fizikgeografik xususiyatlariga binoan BorealPatsifik … Читать далее

VILLA

VILLA (lot. villa — qoʻrgʻoncha, yermulk) — shahar tashqarisidagi katta bogʻli hovli-joy. Dastlab Italiya (mil. av. 3-a)da barpo etilgan. Villaning villa rustica — turar joy va xoʻjalik qurilishlaridan iborat boʻlgan meʼmoriy majmua, villa urbana — dam olish va koʻngil ochar maskan, shuningdek atrofi bog bilan oʻralgan koʻshk, haykal va favvorali yirik turlari keng tarqalgan. 19-a. … Читать далее

BOYSUN TUMANI

BOYSUN TUMANI — Surxondaryo viloyatitsat tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (1962-y. 24 dek. da Sherobod tumani bilan birlashtirilgan. 1965-y. 29 dek. da qayta tuziddi). Boysun tumani viloyatning gʻarbida joylashgan. Shim. sharkda Sariosiyo, sharqda Qumqoʻrgʻon, jan. da Qiziriq, Bandixon tumanlari, jan. gʻarbda Sherobod tumani b-n, shim. gʻarbda Qashqadaryo viloyatining Qamashi va gʻarbda Dehqonobod tumanlari … Читать далее

VERMISHEL

VERMISHEL (ital. vermicelli — chuvalchanglar) — bugʻdoy unidan qorilgan xamirdan tayyorlanadigan uzun ipsimon oziq-ovqat mahsuloti. Vermishel uchun xom kleykovina miqdori 75% dan kam boʻlmagan oliy navli un ishlatiladi. Ayrim Vermishel xamiriga tuxum qoʻshiladi. Qorilgan xamir vintli, gidravlik, shnekli yoki joʻvali presslarda 5—7 Mn/m2 (50—70 kgk/sm2) bosimda dumaloq teshikchalari boʻlgan panjara orqali oʻtkazilib, choʻziladi. Choʻzilgan xamir … Читать далее

BODXIZ QIRLARI

BODXIZ QIRLARI — Turkmanistonning jan. sharqidagi qirlar. Murgob va Tajan daryolari oraligʻida. Bal. 1267 m gacha. Afgʻonistondagi Paropamiz togʻlarining shim. etagi. Shim. da Qoraqum choʻliga tutashgan. Yer yuzasi yassi tekislik va bayirpardan iborat. Bayirlar orasida quruq soy va jarlar, shoʻrxok va taqirlar uchraydi. Bodxiz qirlarining iqlimi keskin kontinental; yezda tra 44—46° gacha boradi, yogʻin kam … Читать далее

VENGRIYA

VENGRIYA (Magyarorszag), Vengriya Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat. Mayd. 93 ming km2. Aholisi 10,44 mln. kishi (2000). Poytaxti — Budapesht sh. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (medye) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Davlat tuzumi. Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-y. 20 avg. da qabul … Читать далее

BENIN

BENIN (Benin). Benin Respublika s i (Republique du Benin) (1975-y. gacha Dagomeya) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeanining Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 6 viloyatga boʻlinadi. Mayd. 112,6 ming km2. Aholisi 5,5 mln. kishi (1996). Poytaxti PortoNovo sh. (prezident va hukumat qarorgohi Kotonu sh. da). Davlat tuzumi. Benin — respublika. Amaldagi konstitutsiya 1990-y. da … Читать далее

BANDLIK XIZMATI

BANDLIK XIZMATI, aholini ish bilan taʼminlash davlat xizmati — mamlakat miqyosida aholini ish bilan taʼminlash siyosatini amalga oshirish va fuqarolarga tegishli kafolatlarni taʼminlab berish uchun tashkil etilgan davlat xizmati. Oʻzbekistonda 1992-y. dan OʻzRning «Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida»gi qonuni (13.1.1992) asosida tashkil etilgan. Bandlik xizmati ishsizlikning oldini olish va ishsizlik oqibatlaridan ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida … Читать далее