VERMISHEL

VERMISHEL (ital. vermicelli — chuvalchanglar) — bugʻdoy unidan qorilgan xamirdan tayyorlanadigan uzun ipsimon oziq-ovqat mahsuloti. Vermishel uchun xom kleykovina miqdori 75% dan kam boʻlmagan oliy navli un ishlatiladi. Ayrim Vermishel xamiriga tuxum qoʻshiladi. Qorilgan xamir vintli, gidravlik, shnekli yoki joʻvali presslarda 5—7 Mn/m2 (50—70 kgk/sm2) bosimda dumaloq teshikchalari boʻlgan panjara orqali oʻtkazilib, choʻziladi. Choʻzilgan xamir muayyan uzunlikda kesiladi va 80° gacha qizdirilgan quritish apparatlarida havo bilan quritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x