BANDLIK XIZMATI

BANDLIK XIZMATI, aholini ish bilan taʼminlash davlat xizmati — mamlakat miqyosida aholini ish bilan taʼminlash siyosatini amalga oshirish va fuqarolarga tegishli kafolatlarni taʼminlab berish uchun tashkil etilgan davlat xizmati. Oʻzbekistonda 1992-y. dan OʻzRning «Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida»gi qonuni (13.1.1992) asosida tashkil etilgan. Bandlik xizmati ishsizlikning oldini olish va ishsizlik oqibatlaridan ijtimoiy muhofaza qilish maqsadlarida respublika miqyosida va mahalliy darajada ish b-n taʼminlash dasturlarini amalga oshiradi, jumladan, mehnat bozoridagi holatni tahlil hamda taxmin qiladi, tegishli axborot tarqatilishini taʼminlaydi; boʻsh ish joylarini va ishga joylashtirish masalasida murojaat qilgan fuqarolarning hisobini yuritadi, ularni ishga joylashtiradi, ishlamayotgan fuqarolarni kasbga oʻrgatish, qayta oʻqitish va malakasini oshirishni tashkil etadi, ishsizlarni roʻyxatga olishni taʼminlaydi, ularga yordam koʻrsatadi va b. B. x. faoliyatini pul b-n taʼminlash uchun ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish Davlat fondi tashkil etilgan. Bu fond mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kooperativlar va b. ish beruvchilar mehnatga haq toʻlash fondining 3%dan kam boʻlmagan miqdorda majburiy ajratmalari, hukumat va mahalliy boshqaruv organlari dotatsiyalari, ixtiyoriy xayriyalar va b. dan tashkil topali.

Mamlakat miqyosida Bandlik xizmati tizimi OʻzR Mehnat vazirligi va uning hududiy organlarini hamda mahalliy bandlik markazlari — mehnat birjalarini qamraydi (q. Mehnat birjasi).

Dilfuza Rahimova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x