VEZER

VEZER — Germaniya shim. dagi daryo, Shimoliy dengizga quyiladi. Verra va Fulda daryolarining Myunden sh. yonida qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uz. 440 km (irmogʻi Verra boshidan hisoblaganda 724 km); eng katta irmogʻi — Aller. Havzasining mayd. 46 ming km2. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahorda toshadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyi oqimida 312 m3/sek. Kichikroq GESlar … Читать далее

VABO

VABO (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. Vabo dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma … Читать далее

VLADIVOSTOK

VLADIVOSTOK — RFdagi shahar, Primorye oʻlkasining markazi (1888-y. dan). Sibir t. y. magistralining oxirgi punkti. Tinch okean sohilidagi yirik port. Yirik aeroport bor. Zolotoy Rog buxtasi atrofida va Amur qoʻltigʻining sharqiy sohili boʻylab amfiteatr shaklida joylashgan. Axoliyey 648 ming kishidan ziyod (1999). Vladivostok 1860-y. da bunyod etilgan. 1862-y. dan port, 1880-y. dan shahar. V. da … Читать далее

BATOMETR

BATOMETR — suvning kimyoviy va fizikaviy xossalarini tekshirish, undagi organik hamda anorganik koʻshilmalarini aniqdash maqsadida tabiiy suv havzalaridan muayyan chuqurlikda namuna oladigan asbob. Tez toʻladigan va sekin toʻladigan xillari boʻladi. Tez toʻladigan dengiz B. ichi boʻsh metall silindr boʻlib, qopqoq va termometr bilan taʼminlanadi. Oddiy shisha idish sekin toʻladigan Batometr vazifasini oʻtaydi. Shisha idish maʼlum … Читать далее

BARBADOS

BARBADOS (Barbados) — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o. larining Barbados o. da joylashgan davlat. Mayd. 430 km2. Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun sh. Davlat tuzumi. Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u … Читать далее

BAR

BAR (ing. bar — toʻsiq) — dengizning qirgʻoqqa yaqin qismida unga paralel choʻzilgan, qum yoki chigʻanoqlar toʻplamidan hosil boʻlgan kambar toʻsiq, quruqlik. Toʻlqin keltirmalaridan hosil boʻladi. Baʼzan yuzlab km. ga choʻziladi. Bar koʻpincha egik marza shaklida boʻlib, qavariq qismi dengiz yoki qirgʻoq tomonga qaragan boʻladi. Dengizning chekka qismini ajratib qoʻyib, qoʻltiq va koʻllar hosil qiladi. … Читать далее

VENTSPILS

VENTSPILS (1917-y. gacha rasmiy nomi Vindava) — Latviyadagi shahar (1378-y. dan). Boltiq dengizi boʻyidagi muzlamaydigan dengiz porti. T. y. stansiyasi. Aholisi 50,6 ming kishi (1999). Baliq va yogʻochsozlik sanoatining yirik markazi. Mineral oʻgʻitlar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik f-kasi, ventilyator z-di, dengizdan baliq ovlash tarixi muzeyi bor. Orden qasri (1290-y. qurib bitkazilgan) saqlangan. Ventspils 1242-y. … Читать далее

VENERN

VENERN — Shvetsiya jan. dagi koʻl. Dengiz sathidan 44 m balandlikda. Mayd. 5,5 ming km2 (Yevropada Ladoga va Onega koʻllaridan keyin 3-oʻrinda). Uz. 140 km, eni 80 km ga yaqin, chuq. 100 m gacha. Koʻl oʻrni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Qirgʻoqlari past, kuchli yemirilgan, orol koʻp. Koʻlga 30 dan ortiq daryo quyiladi va birgina … Читать далее

VALANJIN YARUSI

VALANJIN YARUSI (Shveysariyadagi Nevshatel sh. yaqinidagi Valanjen qasri nomidan) — quyi boʻr sistemasi (davri) pastdan ikkinchi yarusi. 1853-y. da Dezor (Desor) alohida yarus qilib ajratgan. Dastlab aniqlangan joyida dengiz tipratikani, leletsipoda va ammonitli ohaktoshlardan tashkil topgan. Valanjin yarusi jinslari Ukrainada hamda Alp, Karpat toglari va Kavkazda bor. V. ya. qizgʻish ohaktoshli jinslari Oʻzbekiston (Hisor togʻlari)da … Читать далее

VYETNAM

VYETNAM, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam) , BCP – Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o. dagi davlat. Mayd. 330 ming 991 km2. Axoliyey 76,3 mln. kishi (1999). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sh. … Читать далее